Rossiyada vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining oilasiga marhum ishlagan korxonadan moddiy yordam undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Keltirilishicha, Moskva shahridagi “Krost D” korxonasida ishlayotgan fuqaro M.A. 26-iyun kuni baxtsiz hodisa tufayli tan jarohati olib vafot etgan va jasadi vatanga qaytarilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko‘maklashish markaziga vafot etgan fuqaroning qaynotasi V.S. “Krost D” korxonasidan moddiy yordam undirish maqsadida murojaat qildi.
Fuqaro V.S.ning arizasiga ko‘ra, “Krost D” korxonasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida masala sudgacha tomonlar o‘rtasida kelishuv bilan yakunlanib, fuqaro V.S.ga 29-iyul kuni 500 ming rubl miqdorida moddiy yordam undirib berilishi ta’minlandi va shuning bilan birga Rossiyaning Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga kompensatsiya undirish maqsadida murojaat xati yuborildi.
Izoh (0)