Rossiya O‘zbekiston, Armaniston, Qozog‘iston va Turkmanistonga maymunchechak kasalligini aniqlovchi testlar hadya qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Rospotrebnadzor” xizmatining ma’lum qilishicha, maymunchechakni aniqlovchi test tizimi “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan.
“Rospotrebnadzor” tomonidan Rossiya test tizimlari Armaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmanistonga topshirildi. Bundan tashqari, mutaxassislar hamkor davlatlardagi hamkasblari uchun maymunchechakning laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha maxsus seminarlar tashkil qiladi, — deyiladi xabarda.Ma’lumot uchun, “Vektor” markazi test tizimlarini zudlik bilan ishlab chiqargani, hozirda esa butun Rossiya bo‘ylab uni sinovdan o‘tkazish mumkinligi haqida xabar bergan.
Izoh (0)