Namanganning ayrim hududlarida 27-iyul kuni zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 14:52 da (Grinvich bo'yicha 09:52 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 41,69 gradus shimoliy kenglik; 71,82 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,5. Chuqurlik: 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 222 kilometr shimoli-sharqda.
O'zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Yangiqo‘rg‘on tumanida 3 ball, 48 km;
- Kosonsoy tumanida 2—3 ball, 61 km;
- Chortoq tumanida 2—3 ball, 63 km;
- Uychi tumanida 2 ball, 74 km;
- Uchqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 76 km;
- Namangan shahrida 2 ball, 78 km.
Izoh (0)