“Navbahor” Ehsoni Panshanbe jamoadan ketganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, tojikistonlik 23 yoshli yarim himoyachisi faoliyatini Eronning “Zobahan” klubida davom ettiradi.
Panshanbe “Navbahor” tarkibiga 2020-yilning 2-davrasida Tojikistonning “Istiqlol” klubidan kelib qo‘shilgandi.U O‘zbekiston Superligasi bahslarida “lochinlar” tarkibida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 2 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi.
Ehsoni 2022-yilgi mavsumda 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.
“Navbahor” 1-turdan keyin 25 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)