“Daryo” internet-nashrida 5-iyul kuni Chirchiq daryosiga kanalizatsiya quvuridan oqava suvlar chiqarilayotgani aytilgan xabar e’lon qilindi. “O‘zsuvta’minot” AJ xabarga rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Toshkent suv ta’minoti MCHJ Bo‘stonliq tuman bo‘limi mutasaddilari zudlik bilan joyiga chiqib, vaziyatni o‘rgangan. Natijada ushbu quvur kanalizatsiya quvuri emasligi, sug‘orishdan ortib qolgan ariq suvlari chiqarilayotgani aniqlangan.
“Shu o‘rinda ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan yoki yolg‘on xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)