Hozirda Belarus va Rossiya Ittifoq davlati integratsiya jarayonlarining umumiy oqimida lokomotiv rolini o‘ynamoqda. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Grodnoda bo‘lib o‘tayotgan Belarus va Rossiya IX hududiy forumi yalpi majlisidagi videomurojaatida aytib o‘tdi, deb yozadi “BelTA”.
Belarus rahbari Ittifoq madaniy va iqtisodiy davlatlararo hamkorlikning namunasi va misoli ekanini ta’kidladi. “Bugun postsovet hududidagi davlatlar, agar, o‘z suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolishni istasa, Ittifoq davlatiga yanada yaqinlashishdan chinakamiga manfaatdor bo‘lishi kerak. Ishonchimiz komilki, faqat birgalikda global muammolarga qarshi tura olamiz”, — dedi Aleksandr Lukashenko.
“Haligacha shubha qilayotganlar bir narsani tushunishi kerak: birdamlik va hamjihatlikka, davlatlararo aloqalarni va oddiy insoniy munosabatlarni mustahkamlashga tezroq erishilmasa, ertaga mavjud bo‘lmasligimiz ham mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Belarus rahbari.
Izoh (0)