O‘zbekistonda yil yakuniga qadar har bir klasterda urug‘chilik, tuproq tahlili va biolaboratoriyalar hamda urug‘ tayyorlash sexlari ishga tushiriladi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida Andijon, Buxoro va Surxondaryoda Paxtachilik instituti va Genomika markazining urug‘chilik va agrotexnologiya korxonalari tashkil qilinadi.
Shuningdek, har bir klaster yil yakuniga qadar tuproq unumdorligini tahlil qilib, yer maydonlari pasportini ishlab chiqishi va hosildorlikni oshirish choralarini belgilab olishi kerakligi ta’kidlandi.
Prezident barcha klasterlar suvni ilm bilan tejab ishlatishi shartligini qayd etdi.
So‘nggi ikki yilda 169 ming gektar paxta maydonlarida tomchilab sug‘orish joriy qilindi. Yil yakuniga qadar 160 ming gektar, kelgusi yilda ham yana shuncha paxta maydonida tomchilatib sug‘orishni joriy qilish vazifasi qo‘yildi.
Izoh (0)