“Barselona” futzal klubi 2021/22-yilgi mavsumda kvadrupl qayd etdi.
25-iyun kuni kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida zafar quchdi. Ushbu sovrin “ko‘k-anorranglilar” uchun joriy mavsum to‘rtinchisi bo‘ldi. Avvalroq “Barselona” Chempionlar Ligasi, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogida g‘alaba qozongandi.
Jamoa prezidenti Xoan Laporta to‘rtta sovrinni ham klub muzeyiga topshirdi.
“Klub boshdan kechirayotgan og‘ir davrda futzal jamoasining mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazib, eng muhim to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritgani va bizga taqdim etgan xursandchiligi uchun juda minnatdormiz”, — deydi Laporta.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)