Har yili Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan butun dunyo bo‘ylab yashash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxati e’lon qilinadi. Bu yilgi natijalarga ko‘ra Toshkentda yashash sharoiti biroz yaxshilangan.
Reyting 172 shaharda yashash sharoitlarini besh toifadagi 30 dan ortiq omillarga asoslangan — barqarorlik, sog‘liqni saqlash, madaniyat, atrof-muhit, ta’lim va infratuzilma.
Deyarli barcha shaharlardagi kabi Toshkentda o‘tgan yildan beri vaziyat deyarli o‘zgarmagan — indeks 55—58 atrofida (100 dan).
2022-yilda vaziyat biroz yaxshilanganiga qaramay, O‘zbekiston poytaxti hali ham yashash uchun u qadar qulay bo‘lmagan shaharlar qatorida qolmoqda.
Taqqoslash uchun, Toshkent Nayrobi (Keniya), Bangalor (Hindiston) va Tunis kabi shaharlar bilan bir pog‘onada joylashgan.
Dunyoda vaziyat qanday?
Oxirgi bir necha yildagidek birinchi o‘rinni Vena (Avstriya) egallagan. Undan keyin Kopengagen (Daniya) va Syurix (Shveysariya) joy olgan.Birinchi beshtalikka, shunindek, Kalgari va Vankuver (Kanada) kirgan. Ularning hammasida indeks 95—99 atrofida.
Oxirgi o‘rinlarni esa Damashq (Suriya), Lagos (Hindiston), Tripoli (Liviya), Jazoir (Jazoir) va Karachi (Pokiston) egallagan. Ularning hammasida indeks 30—38 atrofida.
Izoh (0)