Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 32,13 so‘mga pastlab, 10 895,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 4,29 so‘mga ko‘tarilib, 11 514,88 so‘m bo‘ldi. Rubl 5,72 so‘mga oshib, 199,74 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval ushbu valyuta kursi ketma-ket ikki kun pastlab, 10 928,12 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekiston tijorat banklarida esa 21-iyun kuni dollar kursi uch oy ichida birinchi marta 11 ming so‘mdan pastladi.
Izoh (0)