So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12289.4
    • RUB 134.17
    • EUR 13311.88
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +5°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Qariyb 1,2 trillion so‘m: O‘zbekiston aholisining ichimlik suvidan qarzi ortib bormoqda (video)

    20.06.2022, 15:40 12826

    O‘zbekistonda ichimlik suvi eng arzon bo‘lgan hudud Toshkent shahri, eng yuqorisi esa Navoiy viloyati hisoblanadi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ boshqarma boshlig‘i Bekzod Shoyimov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tdi.

    “Ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun tariflar xarajatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Ya’ni ishlab chiqarish, elektr energiya, amortizatsiya, hukumat kafolati ostida olingan xalqaro moliya kreditlari, sohadagi xodimlarning ish haqi kabi xarajatlar jamlanib, so‘ngra tarif belgilanadi.

    Bugungi kunda tariflar hududlar kesimida turlicha bo‘lib, eng arzoni Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Poytaxtda 1 kub metr ichimlik suvi narxi 400 so‘m. Eng yuqori narx Navoiy viloyatida – 1 kub metr ichimlik suvi 3 ming so‘mni tashkil etadi.

    Tariflarning hududlar bo‘yicha har xil ekanligi xarajatlar bilan bog‘liq. Toshkent shahrida ichimlik suvining narxi arzonligiga sabab shuki, Bo‘zsuv kanali orqali o‘zi oqar yo‘li bilan ichimlik suvi olinadi, ya’ni elektr energiyasi kam ishlatiladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida yer ostida yaroqli ichimlik suvi zaxiralari yo‘qligi tufayli Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridan — 200 kilometr masofadan ichimlik suvi yirik magistral quvurlar orqali yetkazib beriladi. Tabiiyki, elektr energiyasi, ish haqi va boshqa xarajatlarning yuqoriligi narxga ham ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi Bekzod Shoyimov.

    Bekzod Shoyimov

    Bekzod Shoyimov
    Foto: “Daryo”

    Boshqarma boshlig‘ining qayd etishicha, O‘zbekiston aholisining ichimlik suvidan qarzi o‘sib bormoqda. “O‘zsuvta’minot” 4 million 250 mingta iste’molchiga xizmat ko‘rsatsa, shundan 2 million 400 mingtasi qarzdor abonent hisoblanadi.

    “Mamlakatimizda ichimlik suvi arzon bo‘lishiga qaramasdan, may oyi holatiga ko‘ra, aholining 1 trillion 181 milliard so‘m qarzdorligi mavjud. 2022-yil boshiga nisbatan 10 foiz yoki 110 milliard so‘mga oshgan. Qarzdorlik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahri (239 milliard so‘m), Toshkent viloyati (139 milliard so‘m) va Andijon viloyati (105 milliard so‘m)da qayd etilmoqda.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish, isrofgarchilik va qarzdorliklarning oldini olish maqsadida zamonaviy suv hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari 2023-yil 1-yanvardan to‘liq amalga oshiriladi. Bugungi kunda Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatining bir qancha hududlarida o‘nlab xorij kompaniyalarining zamonaviy suv hisoblagichlari sinov tariqasida o‘rnatilmoqda”, — deydi “O‘zsuvta’minot” AJ vakili.

    Mavzuga doir:

    • Surxondaryoda ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanish orqali 390 mln so‘m zarar keltirilgani aniqlandi
    • O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti og‘ir holatdagi 1545 ta mahalla suv bilan ta’minlanadi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin sharafiga uyushtirilgan namoyish, hasharotlar yetishtirish zavodi, portlatilgan maktab — 6-dekabr suratlari

    Kecha, 23:25

    Shavkat Mirziyoyevga Nursulton Nazarboyevning memuarlar kitobi yetkazildi

    Kecha, 21:36

    Ukraina sobiq deputati Rossiyada o‘lik holda topildi. “SBU” uni o‘ldirishda ayblanmoqda

    Kecha, 21:20

    Turkmanistonda Kaspiy mintaqasi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi o‘tkaziladi

    Kecha, 21:05

    Click 1 milliard so‘mlik yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda

    Kecha, 21:01
    Reklama

    O‘zbekistonda ilk bor “Bolalar sayyohlik bazasi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

    Kecha, 20:50

    Xitoyda tarqalayotgan virus XIX asrning unutilgan kasalligi bo‘lishi mumkin — OAV

    Kecha, 20:40

    Toshkent viloyatida elektromobil ishlab chiqarilishi mumkin

    Kecha, 20:30

    Netanyaxu: “G‘azo sektori demilitarizatsiya qilinishi kerak”

    Kecha, 20:20

    Konstitutsiya qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan prezident 334 nafar shaxsni afv etdi

    Kecha, 20:15

    Tavsiya etamiz

    “Zo‘rTV” jurnalisti va operatorini kaltaklagan zo‘ravonga hukm o‘qildi (video)

    17:00 / 06.12.2023

    Bo‘kada 36 yoshli fuqaroni urib o‘ldirgan Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, uning ikki xodimi va “uchastkavoy”ga sud hukmi o‘qildi

    14:00 / 06.12.2023

    Rangi o‘zgargan sariq taksilar, qorga ko‘milgan aeroport, Isroil tanklari kolonnasi — 5-dekabr suratlari

    22:00 / 05.12.2023

    Hokim tadbirkorni qamatishga topshiriq berganmidi? Termiz shahri hokimi javob berdi

    23:00 / 04.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.