Armaniston poytaxtida “MDH go‘zali-2022” go‘zallik tanlovining finali bo‘lib o‘tdi. Unda qozog‘istonlik Diana Pirtanova g‘olib bo‘ldi.
Tanlov Armanistonda ikkinchi marta o‘tkazildi. Dastlab bir necha ming qizlar tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirgandi. Ammo Gruziya, Litva, Latviya, Estoniya kabi o‘z mamlakatlarida saralash bosqichida g‘olib chiqqan 23 nafar qiz finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
“Final uchun Armanistonga katta rahmat. Turli mamlakatlar, urf-odatlar, madaniyat bilan tanishish men uchun qiziqarli bo‘ldi. MDH go‘zali toji mening boshimda bo‘lishini kutmagandim”, — deydi Pirtanova.
Tanlovda 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan qizlar ishtirok etadi. G‘olib 13 ta davlatdan kelgan hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan tanlandi.
Izoh (0)