Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi do‘konning 170 kv/metr maydoni yong‘in sabab zararlandi, deya xabar qilmoqda viloyat FVB axborot xizmati.
11-iyun kuni soat 10:20 da Samarqand viloyati Samarqand tumani “Yangi ariq” MFYda joylashgan 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro R.SH. ga tegishli bo‘lgan savdo shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan. Yong‘in joyiga yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:38 da yetib borib, soat 10:50 da qurshab olgan va yong‘in soat 11:01 da bartaraf etilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yong‘in oqibatida savdo shoxobchasining taxminan 170 kvadrat metr maydonda shift, tom va jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)