Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasining samolyoti 11-iyun kuni soat 02:00 da bortida yuz nafar yo‘lovchi bilan Navoiy xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olingan.
Ta’kidlanishicha, bu “Azimut” aviakompaniyasining Moskva—Navoiy—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysi bo‘lgan. Reyslar “Vnukovo” aeroportidan muntazam ravishda SSJ100 samolyotlarida haftasiga bir marta — juma kunlari amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, “Azimut” — Krasnodarda va Rostov-Donda joylashgan Rossiya aviakompaniyasidir.
Avvalroq Uzbekistan Airways Express Toshkentdan Samaraga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchiligi, Uzbekistan Airways Sochiga aviaqatnovlarni uzaytirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)