Hukumat qarori bilan Odil Abdurahmonov Respublika oliy ta’lim kengashi raisi etib tayinlandi, deb xabar beradi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
Kengash yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, respublika oliy ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.
Odil Abdurahmonov bir vaqtning o‘zida Toshkent davlat transport universiteti rektori ham hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Respublika oliy ta’lim kengashining oldingi raisi — iqtisod fanlari doktori, professor O‘ktam Umurzoqov 2021-yilning iyulida vafot etgandi.
Izoh (0)