• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj safari narxi oshgani va qanday xarajatlarni o‘z ichiga olgani haqida ma’lumot berdi

    “Haj-2022” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori oshirilib, 62 million 900 ming so‘m etib belgilangandi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu to‘lovga nimalar kirishi haqida ma’lumot berdi.

    Idora tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda birinchi navbatda Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilingani, shuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgani bildirib o‘tilgan.

    Shuningdekdek, Haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022-yilda yangi majburiy to‘lovlar joriy etilgani, shu sababli dunyo mamlakatlari uchun haj xizmatlari narxi o‘rtacha 40-45 foizga ko‘tarilgani qayd etilgan.

    Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tomoni Saudiya bilan olib borilgan uzoq muzokaralar natijasida ziyoratchilar uchun iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat ko‘rsatishga erishdi va to‘lov uchun o‘rta narxni belgiladi. Ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming dollargacha etib belgilangan.

    O‘zbekistonlik ziyoratchilar joriy mavsumda birinchi marta Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonalarida istiqomat qiladi. Makka shahrida esa “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida yashaydi.

    Ta’kidlanishicha, Ushbu mehmonxonalar yuqori sig‘imli ekani, muqaddas qadamjolarga yaqinligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan, Makka shahridagi “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi barcha hojilarimizni bir vaqtda joylashtirish imkoniyatiga ega.

    Bundan tashqari, safar davomiyligi ayrim qo‘shni davlatlar ziyoratchilari singari 14-17-20 kun emas, balki 26 kunni tashkil etadi. Bu ham, tabiiy ravishda, narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

    Joriy haj mavsumida Saudiya hukumatining qaroriga asosan, barcha to‘lovlar shirkatlar orqali emas, balki Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligining “Haj elektron portali” orqali belgilangan tartibda amalga oshirildi. Ushbu portalda har bir davlat uchun alohida hisob raqami mavjud bo‘lib, barcha xizmatlar: mehmonxona, transport, mashoir va hokazolar uchun shu yerning o‘zida inson omilisiz shaffof holda amalga oshiriladi.

    Mashoir (Mino, Arafot, Muzdalifa) xizmatlari ham sezilarli darajada ko‘tarildi. Shunday bo‘lsada, iqtisodiy paket olindi va oldinlari taqdim etilmagan xizmatlar ko‘rsatishga erishildi.

    “Jumladan, avvallari ziyoratchilar Mino vodiysida gilamda yotgan bo‘lsalar, bu yil har bir hoji uchun maxsus yoyma to‘shaklar (matraslar) ajratiladi. Shuningdek, boshqa davlatlarda 3 mahal issiq ovqat berilmasada, yurtimiz ziyoratchilari uchun Mino va Arafotda ham 3 mahal issiq ovqatlar tortiq etiladi. Qolaversa, 24 soat davomida bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi”, — deyiladi idora bergan izohda.

    Musulmonlari idorasi bergan ma’lumotga ko‘ra, haj uchun to‘langan mablag‘ ichiga quyidagiar kiradi:

    • Haj vizasi;
    • Aviabilet;
    • Shaharlararo (Madina-Makka-Jidda) transport xizmati;
    • Madina shahrida “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonasi;
    • Madina shahrida Uhud tog‘i, Qubo va ikki qiblali masjidlarga ziyorat;
    • Makka shahrida “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi;
    • Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylaridagi barcha xizmatlar;
    • 24 soat tibbiy xizmat;
    • Hojilarning tibbiy sug‘urtasi;
    • 24 soat transport xizmati;
    • 3 mahal isiq ovqat: nonushta, tushlik va kechki ovqat;
    • Haj qo‘llanmasi;
    • Davlat ramzlari tushirilgan nimcha va sumka;
    • “Zamzam” suvi (5 litr);
    • Respublikaning 7 ta hududidan kuzatish va kutib olish;
    • Madinai munavvaraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys;
    • Qurbonlik.
    Ma’lumot uchun, bu yil O‘zbekistondan 10 865 kishi Haj safariga boradi. 2019-yilda bu ko‘rsatkich 7 200 nafar edi. Haj ibodatini ado etish uchun yosh chegarasi Saudiya Arabistonining qat’iy talabiga ko‘ra 65 yoshgacha etib belgilandi.

    Haj safarga jo‘nash aviaqatnovlari 18-iyun kuni Uzbekistan Airways samolyotlari orqali amalga oshiriladi va 30-iyunga qadar davom etadi. Ziyoratchilarni Toshkent, Namangan, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlaridan tashish reja qilingan.

    05.06.2022, 14:40   Izoh (0)   33818
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda to‘rt nafar bolaga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar topshirildi

    05.06.2022, 14:32

    Namanganda 14 yashar bola bog‘dagi attraksionni harakatlantirishga urinib, yiqilib tushdi. Unga hech qanday jarohat yetmagani aytilmoqda (video)

    05.06.2022, 14:01

    YIning O‘zbekistondagi elchisi: “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasi bilan ilmiy tadqiqotlar o‘rtasidagi bog‘liqlik juda zaif”

    05.06.2022, 13:11

    Samarqandda yo‘ldan o‘tayotgan 4 yoshli qizcha Nexia-3 urib yuborishidan vafot etdi

    05.06.2022, 12:20

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi ishlab chiqarish holatini o‘rganish maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo‘ldi

    05.06.2022, 11:43

    Mirobod tumanidagi qator ko‘chalar avtotransport harakati uchun vaqtincha yopildi

    05.06.2022, 10:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test natijalari eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 23:35

    Yerdagi aksariyat turlar evolyutsiyaning “portlashlari” natijasida vujudga kelgan — tadqiqot

    Dunyo | 20 avgust, 23:30

    Qirg‘iziston O‘zbekistonga qoramol eksportini besh baravarga kamaytirdi

    Iqtisodiyot | 20 avgust, 23:10

    Google Docs matnli hujjatlarni sun’iy intellekt podkastlariga aylantirishni o‘zlashtirdi

    Dunyo | 20 avgust, 22:55

    Rossiya Dumasining sobiq deputati G‘arbga 45 mln dollar evaziga maxfiy ma’lumotlarni berganlikda ayblanmoqda

    Dunyo | 20 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.