Toshkent shahrining Mirobod tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan o‘quv tashkiloti rahbari ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departament hamda IIBning Mirobod tuman bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Vatanparvar” tashkiloti “Chilonzor o‘quv sport texnika klubi” unitar korxonasi boshlig‘i F.E. fuqaro J.ga C toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun uch oylik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmasdan, o‘qiganlik haqidagi guvohnomani tayyorlab berishni va’da qilgani aniqlangan. Buning evaziga u 1,5 million so‘mni qo‘lga kiritib, qolgan 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Surxondaryoda tanishlari orqali fuqaroga “prava” olib berish uchun 2 million so‘m olgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga doir:
- Qoraqalpog‘istonda to‘rt nafar fuqaroga “prava”ni darslarga qatnashtirmasdan olib berishni va’da qilgan avtomaktab xodimi ushlandi
- Bir haftada “prava” olib berishini aytib, fuqarolardan pul olgan erkakka jazo tayinlandi
- Xorazmda 600 dollar evaziga “prava” imtihonlaridan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Izoh (0)