• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Rakesh va Ritik Roshanlar — Bollivudning ijodkorlar sulolasi haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar

    Bollivud olamida o‘z o‘rniga ega bir necha mashhur sulolalar bor. Ular orasida Roshanlardan musiqachi va aktyor avlodlar yetishib chiqmoqda. Bollywoodtime nashri Roshanlar sulolasi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Roshanlar sulolasi 4 avloddan iborat. Ushbu ajoyib san’atkorlar sulolasining ajdodi — Roshan Lal Nagratx Moxan. Roshan, Bollivud yulduzi Ritik va uning otasi Rakeshning familiyasi emas. Ushbu oilaning barcha a’zolarining haqiqiy familiyasi Nagratx, Roshan esa Ritikning bobosining ismi bo‘lib, u 1948-yilda Mumbayga kino sohasida faoliyatini boshlash uchun kelgan.

    Roshan Lal Nagratx

    Roshan Lal Nagratx
    Foto: Bollywoodtime

    Roshan Lal Nagratx 1917-yil 14-iyulda Gujranvalada (hozirgi Pokiston) juda ziyoli va o‘qimishli oilada tug‘ilgan. Bolaligidan musiqani o‘rgangan, turli cholg‘u asboblarini chalgan. Maktabdan so‘ng u Butun Hindiston radiosiga ishga joylashgan va 1940-yillarning oxirida kino sanoatida shon-shuhrat va daromadga ega bo‘lish uchun Bombeyga jo‘nab ketgan.

    Roshan Lal Nagratx

    Roshan Lal Nagratx
    Foto: Bollywoodtime

    Uning yo‘li juda uzoq va mashaqqatlarga boy edi. Roshan oradan 10 yil o‘tibgina mashhurlikka erishdi. 1960-yillar uning uchun oltinga teng davr bo‘ldi. Uning xalq va mumtoz musiqani uyg‘unlashtira olishi muvaffaqiyatning sababi edi. Roshan bir nechta musiqiy hitlarni, jumladan Madxubala va Bxarat Bxushan bilan mashhur “Yomg‘irli tun” (1960) ni yaratdi.

    Roshan Lal Nagratx

    Roshan Lal Nagratx
    Foto: Bollywoodtime

    Roshan ikki marta oila qurdi. Birinchi rafiqasi haqida ko‘p narsa ma’lum emas, chunki nikoh qisqa muddat davom etdi. 1948-yilda u bengallik qo‘shiqchi va bastakor Ayra (Moytre)ga uylandi. U Bollivud filmlarida kuylagan, shu jumladan “Bebaho sevgi” filmida Lata Mangeshkar bilan ham qo‘shiq ijro etgan. Afsuski, u turmush o‘rtog‘idan ayrilgach, karyerasini tark etishga majbur bo‘ldi. Roshan 1948-yilda yurak xurujidan to‘satdan vafot etdi.

    Ayra Natgarx

    Ayra Natgarx
    Foto: Bollywoodtime

    Roshan va Ayraning ikki o‘g‘li — Rakesh va Rajesh Roshan bo‘lib, ular otasining kasbini davom ettirdi. Rajesh ham musiqa o‘qituvchisi, Rakesh esa avvaliga aktyorlik sohasida o‘zini sinab ko‘rdi, keyin esa rejissorlik bilan shug‘ullandi.

    Rakesh va Rajesh

    Rakesh va Rajesh
    Foto: Bollywoodtime

    Rakesh oilaning eng kattasi. U 1949-yil 6-sentyabrda tug‘ilgan. Bolaligidan u aktyor bo‘lishni orzu qilar edi, lekin institutni tugatishga ulgurmadi, chunki u otasidan ayrilib, uyga qaytib, onasi va ukasini boqish uchun ishlashga majbur bo‘ldi.

    Rakesh Roshan

    Rakesh Roshan
    Foto: Bollywoodtime

    Rakesh shunga qaramay orzusini ro‘yobga chiqardi va aktyor bo‘ldi, lekin u katta bu sohada muvaffaqiyatga erisha olmadi, shuning uchun u rejissorlik kursiga o‘tdi va bir nechta mashhur filmlarni suratga oldi: “Qasos o‘ti”, “Kishan va Kanxaya”, “Karan va Arjun”, “Krish” va boshqalar.

    Rakesh Roshan

    Rakesh Roshan
    Foto: Bollywoodtime

    Uning ukasi Rajesh Roshan Lal Nagratx 1955-yil 24-mayda tug‘ilgan. U maktabni tamomlashdan oldin ham Bollivud filmlari uchun musiqa bastalagan va 20 yoshida “Juli” (1975) filmi uchun eng yaxshi bastakor sifatida birinchi Filmfare mukofotini olgan. 1987-yildan beri Rajesh akasining barcha filmlariga musiqa bastalagan.

    Rajesh Roshan

    Rajesh Roshan
    Foto: Bollywoodtime

    To‘g‘ri, tanqidchi va tomoshabinlar Rakesh Roshanni plagiat uchun yoqtirmaydi, chunki u har doim o‘zining eng mashhur kuylarini boshqa mamlakatlarning taniqli musiqalaridan ko‘chiradi.

    Rajesh va uning rafiqasi

    Rajesh va uning rafiqasi
    Foto: Bollywoodtime

    Rajesh va Rakeshning ikkitadan farzandi bor. Rajesh rafiqasi Kanchanning Ishan ismli o‘g‘li va Pashmina ismli qizi bor. Rakesh va uning rafiqasi Pinkining Ritik ismli o‘g‘li va Suneyna ismli qizi bor.

    Rakesh va uning rafiqasi

    Rakesh va uning rafiqasi
    Foto: Bollywoodtime

    Ishan aktyorlik maktabini tamomlagan va 2008-yilda Bollivudda debyut qilmoqchi edi. Xuddi amakivachchasi Ritik kabi Ishan ham yaxshi raqqos. Ammo, Ishan aktyorlik sohasidan ketmadi.

    Ishan Roshan

    Ishan Roshan
    Foto: Bollywoodtime

    Uning singlisi Pashmina yosh bo‘lsa-da, allaqachon tajribali teatr aktrisasi va Jeff Goldbergning “Jiddiy bo‘lishning ahamiyati” spektaklida rol o‘ynagan. Teatrga qiziqishidan tashqari, Pashmina Roshan Mumbaydagi Barri Jonning aktyorlik maktabida olti oylik kursni tamomlagan va Bollivuddagi debyutiga hozirlik ko‘rmoqda.

    Pashmina Roshan

    Pashmina Roshan
    Foto: Bollywoodtime

    O‘tgan yili uning amakivachchasi Ritik Instagram’dagi postida u tez orada aktrisa bo‘lishini ta’kidlagan edi: “Men sen bilan juda faxrlanaman Pashmina! Sen o‘zgacha ruh va g‘ayrioddiy iste’dod egasisan. Sening samimiyliging atrofdagi hamma narsani yoritadi. Ba’zida bu sehrni qayerdan olasan deb o‘ylayman va bir oila ekanligimiz uchun Xudoga shukur qilaman. Sening borligingdan baxtiyormiz va ishonchim komilki, tez orada butun dunyo ham shunday munosabatda bo‘ladi”, — deb yozadi u.

    Parvina Roshan

    Parvina Roshan
    Foto: Bollywoodtime

    Ritik Roshan — Rakesh Roshanning o‘g‘li. Bugungi kunda u Bollivuddagi eng mashhur aktyor va raqqosalardan biri. Albatta, otasi uni “Sevishingni ayt” muvaffaqiyatli filmida suratga olib, Bollivudga olib kirdi. Bollivudda 20 yildan ortiq vaqtdan beri bo‘lishiga qaramay, Ritik muvaffaqiyatli filmlarda suratga tushishda davom etmoqda.

    Rakesh va Ritik Roshan

    Rakesh va Ritik Roshan
    Foto: Bollywoodtime

    Ritik aktyor Sanjay Xonning qizi Syuzanna Xonga uylangan edi. Juftlikning 16 yoshli Rexan va 14 yoshli Ridxon ismli ikki o‘g‘li bor. Yigitlar hali maktab o‘quvchisi, ammo kelajakda ular ham aktyor bo‘lishlari mumkin.

    Ritik va Syuzanna

    Ritik va Syuzanna
    Foto: Bollywoodtime

    Afsuski, Ritik va Syuzanning oilasi aktyorning xiyonati tufayli buzildi. Hozirda u yosh aktrisa Saba Azad bilan uchrashmoqda.

    Syuzanna Xona va uning o‘g‘illari

    Syuzanna Xona va uning o‘g‘illari
    Foto: Bollywoodtime

    Ritikning yagona singlisi Sunayna ikki marta turmushga chiqqan, ammo uning ikkisi ham ajrim bilan yakunlangan. U birinchi marta 20 yoshida shveysariyalik Ashish Soni bilan turmush qurgan. Uning bu nikohdan Suranika Soni ismli qizi bor. Ajrimdan so‘ng qiz otasi bilan qoldi va onasi keyinchalik biznesmen Moxan Nagarga turmushga chiqdi. Afsuski, ushbu nikoh ham uzoq davom etmadi.

    Ritik va Suneyna

    Ritik va Suneyna
    Foto: Bollywoodtime

    Hozir Suranika ulg‘ayib, onasining oilasi bilan aloqada, bobosi va buvisini ziyorat qilish uchun keladi, amakisi Ritik bilan ham munosabati yaxshi.

    Suneyna va Suranika

    Suneyna va Suranika
    Foto: Bollywoodtime

    Suranika, Rexan va Ridxon Roshan sulolasining to‘rtinchi avlodi, ammo ular o‘z hayotlarini Bollivud bilan bog‘laydimi yoki yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi.

    Suranika va Pashmina

    Suranika va Pashmina
    Foto: Bollywoodtime

    Aytgancha, Ritik Roshanning sobiq rafiqasi Syuzanna ham yana bir mashhur ijodkorlar oilasi — aka-uka Sanjay, Feroz, Zinat Aman, Fardin va Zayed Xan bilan bog‘liq.

    Roshanlar oilasi

    Roshanlar oilasi
    Foto: Bollywoodtime

    Mavzuga doir:

    • Jismoniy kamchiliklari muvaffaqiyatga erishishiga to‘sqinlik qila olmagan Bollivud yulduzi Ritik Roshan 48 yoshda (foto)
    • Bollivud yulduzi Ritik Roshan ishtirok etishi kutilayotgan yangi loyihalar (foto)
    • Bollivud yulduzi Ritik Roshan ko‘ngil qo‘ygan hind aktrisalari (foto)

    25.05.2022, 18:57   Izoh (0)   17075
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Filmlardagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, faqat kino ijodkorlarining tasavvurida yaratilgan eng mashhur 8 ta yolg‘on

    25.05.2022, 16:45

    So‘nggi 10 yil ichida namoyish etilgan turk seriallaridagi eng mashhur juftliklar (foto)

    24.05.2022, 10:43

    Kinotavsiya: bolalar bilan tomosha qilish kerak bo‘lgan, boshqalarga o‘xshamaydigan odamlar haqidagi filmlar (foto)

    21.05.2022, 17:53

    Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” seriali haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmay turib, Xurram Sulton roliga qanday tasdiqlangan?

    21.05.2022, 13:57

    “Kinoda pul yo‘q”. Durdona Qurbonova mashinasi va qimmat buyumlarini qaysi puliga olgani haqida so‘zlab berdi (video)

    20.05.2022, 18:44

    Istanbulda “Mendirman Jaloliddin” serialining syomkasi boshlandi. Ikkinchi mavsumda ijodiy jamoaga yangi aktyor va aktrisalar qo‘shildi

    20.05.2022, 15:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Umra mavsumi qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 09:35

    O‘zbekistonda so‘nggi 6 oyda 23 mingdan ortiq fuqaroda o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari aniqlandi — Sanepidqo‘mita

    O‘zbekiston | 15 iyul, 09:28

    “Manchester Yunayted”ga “Yuventus” futbolchisini taklif qilishdi

    Sport | 15 iyul, 09:27

    AQSH Zangezur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi

    Dunyo | 15 iyul, 09:08

    Kadrorti sirlar: qadrdon filmlarni suratga olish jarayonidagi kutilmagan voqealar

    Madaniyat | 15 iyul, 08:58

    “Tashabbusli byudjet”ning navbatdagi ikki mavsumida 823 ta mahalla ishtirok etmaydi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 08:45

    Vladimir Zelenskiy Ukraina mudofaa vazirini o‘zgartirish niyatida

    Dunyo | 15 iyul, 08:25

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.