• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kimdir sinfdoshlari bilan ko‘rinish berdi, yana kimdir maktabdagi sho‘xliklarini esga oldi: So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarida qatnashgan viloyat rahbarlari haqida

    2022-yilning 25-may kuni respublikaning barcha hududlaridagi umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadosi yangradi. E’tiborlisi, barcha viloyat rahbarlari So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarida qatnashib, maktab bitiruvchilarini tabriklashga vaqt topgan.

    “Daryo” muxbirlari mazkur jarayonni tasvirga oldi.

    Namangan viloyati

    1993-yil o‘rta maktabni tamomlagan Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov bugungi tadbirda sinfdoshlari bilan birga o‘zi tahsil olgan Namangan shahridagi 2-umumta’lim maktabiga borgan.

    Shavkat Abdurazzoqov va uning sinfdoshlari.

    Shavkat Abdurazzoqov va uning sinfdoshlari.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Viloyat rahbari maktab bitiruvchilariga prezident tabrigini o‘qib eshittirgach, o‘qishda muvaffaqiyatlarga erishgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnoma, esdalik sovg‘alarini topshirgan.

    Foto: Rahmonjon Mamadaliyev

    “1993-yili sizlar kabi xuddi shu yerda, maktabning so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida katta hayajon bilan turgandim. Birpasda oradan shuncha yil o‘tib ketibdi. Barchangizga omad va muvaffaqiyat, o‘qituvchilaringiz faxr-iftixor va sog‘inish bilan eslaydigan bitiruvchilar bo‘lishingizni tilayman”, — dedi Shavkat Abdurazzoqov.

    Shavkat Abdurazzoqov maktab o‘quvchilarini tabriklamoqda.

    Shavkat Abdurazzoqov maktab o‘quvchilarini tabriklamoqda.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ma’lum bo‘lishicha, viloyatdagi umumta’lim maktablarining 11-sinfini qariyb 30 ming nafar o‘quvchi bitirmoqda.

    Andijon viloyati

    1986-yil Paxtaobod tumanidagi 31-maktabni tamomlagan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Andijon shahridagi 13- va 30-umumta’lim maktablariga borib, So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarida qatnashgan. Maktab bitiruvchilariga prezident tabrigini o‘qib eshittirib, maktab davrini esga olgan.

    Shuhrat Abdurahmonov.

    Shuhrat Abdurahmonov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    2021—2022-o‘quv yilida Andijondagi mavjud 767 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinfini 30 ming 99 nafar o‘quvchi tamomlagan.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Samarqand viloyati

    Viloyatning Qo‘shrabot tumanidagi 41-maktabni tamomlagan Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahrining Qorasuv massivida yangi qurilgan 81-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etib, o‘quvchi yigit-qizlarni tabriklagan.

    Erkinjon Turdimov.

    Erkinjon Turdimov.
    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, joriy o‘quv yilida Samarqanddagi maktablarni 45 ming 200 nafar o‘quvchi tamomlagan bo‘lib, ulardan 300 nafarga yaqini muddatidan oldin xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan.

    Foto: “Daryo”

    Buxoro viloyati

    1987-yil G‘ijduvon tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitirgan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham o‘zi o‘qigan maktabga bormagan.

    Botir Zaripov.

    Botir Zaripov.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Daryo” muxbirining yozishicha, viloyat hokimi Buxoro shahridagi 1-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etib, maktabning 127 nafar o‘quvchisi bilan uchrashgan.

    Foto: “Daryo”

    “35 yil ilgari men ham Siz kabi so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangiga mahliyo bo‘lganman. O‘sha paytda o‘z orzularimni zabt etish uchun yo‘lga chiqqanman. O‘tgan davr mobaynida ularning aksariyati o‘z ro‘yobini topdi. Albatta, hayotda erishilmaganlari ham bo‘ldi. Ammo bir haqiqat borki, inson bir maqsad yo‘lida qat’iy harakat qildimi, u albatta, muvaffaqiyatga erishadi. Sizlarga ham omad yor bo‘lsin!”, — degan viloyat hokimi o‘quvchilarni tadbir bilan tabriklar ekan.

    Foto: “Daryo”

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining ma’lum qilishicha, joriy o‘quv yilida viloyatdagi mavjud 538 ta maktabni 22 412 nafar o‘quvchi tamomlagan bo‘lib, ularning 3 nafari muddatidan oldin xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim  muassasalarining O‘zbekistondagi filiallari talabasiga aylangan.

    Farg‘ona viloyati

    Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Rishton tumanidagi 27-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi hamda Buvayda tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatida o‘tkazilgan So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarida ishtirok etgan.

    Xayrulla Bozorov bitiruvchilarni tabriklamoqda.

    Xayrulla Bozorov bitiruvchilarni tabriklamoqda.
    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Ma’lum qilinishicha, yakuniga yetayotgan o‘quv yilida viloyatdagi mavjud 960 ta umumta’lim maktabini 42 ming 353 nafar o‘quvchi tamomlab, mustaqil hayotga yo‘llanma olgan.

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Tadbirda muddatidan oldin talaba bo‘lgan, fan olimpiadalari, sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning ota-onalari va ustozlari viloyat hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Rishton tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 27-IDUM jamoasiga 100 million so‘m miqdorida prezident sovrini topshirildi. Mental arifmetika bo‘yicha Rossiya va Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro tanlovlar g‘olibi, maktabning 5-sinf o‘quvchisi Muhammadaziz Sodirov, Buxoro shahrida o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati sovrindori Abdulaziz Abduxalilov diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Buvayda tumanidagi 2-IDUMIda bo‘lib o‘tgan tadbirda 56-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan Ozodbek Meliqo‘ziyev va uning ota-onasi, o‘qituvchilari taqdirlandi.

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Viloyat hokimi Ozodbek Meliqo‘ziyevning ushbu xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etishiga o‘z hissasini qo‘shgan kimyo fani o‘qituvchisi “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlanishini ma’lum qildi.

    Qashqadaryo viloyati

    1993-yil Kitob tumanidagi “Abdulla Qodiriy” nomidagi 42-sonli maktab bitiruvchisi bo‘lgan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahridagi 15-maktabda bo‘lib o‘tgan So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida qatnashgan.

    Murodjon Azimov.

    Murodjon Azimov.
    Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

    Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

    Tadbir davomida bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga prezident tabrigi o‘qib eshittirilgan.

    Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

    Qashqadaryoda joriy o‘quv yilida bitiruvchilar soni 42 620 nafar bo‘lib, ularning 491 nafari muddatidan oldin OTM talabalariga aylangan.

    Surxondaryo viloyati

    To‘ra Bobolov.

    To‘ra Bobolov.
    Foto: Murodbek Davlatov

    Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi maktablardan birini tamomlagan viloyat rahbari To‘ra Bobolov Termiz shahridagi 1-maktabdagi tadbirda ishtirok etib, bitiruvchilarga prezident tabrigini o‘qib eshittirgan.

    Foto: Murodbek Davlatov

    Foto: Murodbek Davlatov

    Ma’lum qilinishicha, joriy o‘quv yilida viloyatdagi 929 ta maktabni 32 ming 215 nafar o‘quvchi tamomlagan.

    25.05.2022, 18:31   Izoh (0)   19161
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda Lacetti yukxonasidan 160 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht topildi

    25.05.2022, 18:05

    “JST a’zosi bo‘lmasligimiz milliy va iqtisodiy manfaatlarimizni himoya qilish vositalaridan foydalanmayotganimizni bildiradi” — Sodiq Safoyev JST va YOII haqida

    25.05.2022, 17:22

    O‘zbekistonga yil boshidan beri Qozog‘istondan 1,1 mln tonna bug‘doy import qilingan

    25.05.2022, 17:12

    O‘zbekistonda 2022-yilda qancha o‘quvchi maktabni bitirayotgani ma’lum bo‘ldi

    25.05.2022, 16:58

    Foyda solig‘i kamaytirildi, go‘sht uchun QQSdan ozod qilish muddati uzaytirildi: Soliq kodeksiga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

    25.05.2022, 16:23

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi

    25.05.2022, 16:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 18:30

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.