“Bunyodkor” Superliga 10-turida “Nasaf”ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Toshkent klubi mavsum avvalidagi 10 ta turda 12 ochko jamg‘ardi. Bu jamoa tarixidagi eng yomon start hisoblanadi. “Bunyodkor” 3 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, 4 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi, yana uch o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati — 12:18.
Bundan avvalgi eng yomon start 2017-yilda qayd etilgan bo‘lib, unda “qaldirg‘ochlar” dastlabki o‘n turda 13 ochko to‘plagan. O‘sha mavsumni “Bunyodkor” 4-o‘rinda yakunlagandi.
Poytaxt klubi keyingi turda “Surxon”ga qarshi bahs yuritadi. O‘yin 29-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)