• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi kuzda boshlanishi mumkin

    Xitoyni Markaziy Osiyo davlatlari bilan bog‘lovchi Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi kuz faslida boshlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda 20-may kungi Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

    Qayd etilishicha, qo‘shni davlat Vazirlar Mahkamasining qarori bilan temiryo‘l transportini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bu haqda so‘z yuritgan bosh vazir Akilbek Japarov qurilishi ko‘zda tutilgan xalqaro temiryo‘l rejasi haqida ma’lumot bergan.

    “Kuzda mustaqilligimiz tarixidagi eng yirik loyiha — Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l qurilishini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu loyihani qo‘llab-quvvatlash zarur”, — degan Vazirlar Mahkamasi rahbari.

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li

    2017-yilning may oyida Xitoy poytaxti Pekinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi forumda Shavkat Mirziyoyev Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini boshlash masalalarini muhokama qilgan. 2018-yilning mayida esa Farg‘onada O‘zbekiston—Qirg‘iziston parlamentlararo komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tgan va unda ushbu temiryo‘l liniyasi qurilishining iqtisodiyot rivojiga ta’siri kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Keyinchalik loyihaning texnik-iqtisodiy asosi (TIA) tayyorlangani, Rossiya bu uchun 3 million dollar ajratgani ma’lum bo‘lgan. Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lining qurilishi Sharqiy Osiyodan yaqin Sharq va Janubiy Yevropaga boradigan yo‘lni 900 kilometrga qisqartiradi, vaqt 7-8 kunga kamayadi. Yo‘l qurilishi Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport infratuzilmasini rivojlantirishni ta’minlaydi va ularga Fors ko‘rfazi va Tinch okeanining portlariga qulay kirish imkonini beradi.

    2020-yilning may oyida uch tomon vakillari o‘rtasida videokonferensiya o‘tkazilgan. Muloqotda temiryo‘l qurilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelgusi amaliy choralar muhokama qilingan. Unda aytilishicha, ushbu loyiha deyarli 20 yildan beri muhokama qilinmoqda. Tomonlar baland tog‘lar, borish qiyin bo‘lgan hududlar orqali o‘tadigan ushbu temiryo‘lning eni, marshrutlari bo‘yicha yagona to‘xtamga kelolmayapti.

    Mavzuga doir: Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi Qozog‘iston va Rossiya manfaatlariga mos kelmaydi — ekspert

    2021-yilning mart oyida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan. Muzokaralar davomida O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temiryo‘li qurilishi muhokama qilingan. “Biz ushbu yo‘nalishlarni ilgari surish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish to‘g‘risida ahdlashib oldik”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

    2021- yilning aprelida Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qilgan. Unda loyihani ilgari surish ishlari davom etayotgani qayd etilgan.

    O‘zbekiston rahbari 2021-yilning 6-avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida ham Sadir Japarov bilan muzokara o‘tkazgan. Mirziyoyev O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temiryo‘li strategik ahamiyatga ega ekani, uni qurish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirish muhimligini ta’kidlagan.

    2021-yilning noyabrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari o‘rtasidagi uchrashuvda ham shu loyiha yuzasidan fikr almashilgan.

    Shavkat Mirziyoyev 2022-yilning mart oyida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqida ham ushbu yo‘l qurilishiga to‘xtalib o‘tgan. “O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temiryo‘li orqali Osiyo—Tinch okeani mintaqasiga yetkazish uchun imkoniyatlar yaratish bo‘yicha ham amaliy harakatlar olib borilmoqda”, — degan davlat rahbari.

    31-mart kuni O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan xonim bilan uchrashdi. Muloqotda “temiryo‘l qurilishi loyihasini amalga oshirish, shuningdek, birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali ushbu yo‘nalish bo‘ylab multimodal transport koridorini rivojlantirishni davom ettirish muhimligi” qayd etilgan.

    Va nihoyat, aprel oyida Qirg‘iziston bosh vaziri Akilbek Japarov tomonlar loyiha bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatlarni Janubiy Osiyo mintaqasi bilan bog‘laydigan Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha deyarli barcha masalalar kelishib olingan.

    22.05.2022, 16:15   Izoh (0)   15219
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgidromet” 23-mayda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    22.05.2022, 15:19

    “O‘quvchi qizlarni ‘kelinim’ deb izza qilgan”. Buxoroda o‘quvchi qizni kaltaklagan maktab direktori zo‘ravonligi sababini izohladi

    22.05.2022, 14:42

    Toshkentdagi Yangi Choshtepa 21-maydan buyon elektr ta’minotidan uzilgan

    22.05.2022, 14:10

    Namanganda kuchli yomg‘ir ko‘prikni qisman yemirib yubordi

    22.05.2022, 13:55

    Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan yigitning jasadi jarlikdan topildi

    22.05.2022, 12:59

    “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” 100 million dollarga sotiladi

    22.05.2022, 12:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Rossiya va Belarus fuqarolari uchun gumanitar vizalar berishni qayta tikladi

    Dunyo | 24 avgust, 12:10

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:51

    O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanadi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:21

    Rossiya har oy 6 mingdan ortiq Shahed droni ishlab chiqarmoqchi — CNN

    Dunyo | 24 avgust, 10:55

    Kinotavsiya: Vaqtlararo sayohat haqidagi 7 ta fantastik serial

    Kino | 24 avgust, 10:36

    DXX kubogi: “Jomiy” mahallasi yoshlari chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 24 avgust, 10:18

    Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang — Migratsiya agentligi fuqarolarni ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 10:12

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.