O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni haqida ma’lum qildi.
Ma’lumotlarni taqqoslash natijasida, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning aprel oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni quyidagicha:
- Cobalt — 9 498 dona
- Lacetti-Gentra — 6866 dona
- Damas — 6 205 dona
- Nexia T-250 — 620 dona
- Spark — 1 526 dona
- Volkswagen Caddy — 80 dona
Lacetti-Gentra avtomobili ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga oshdi.
Avvalroq O‘zbekistonda eng ommalashgan avtomobil rusumi qaysi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)