• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Urushni tanqid qilgani, 9 milliard dollar yo‘qotgani va saratonga chalingani haqida Tinkoff Bank asoschisi Oleg Tinkov bilan suhbat

    Ayni vaqtda Rossiyada xorjiy agent deb topilgan jurnalist va bloger Yuriy Dud o‘zining YouTube’dagi kanalida Tinkoff Bank asoschisi Oleg Tinkov bilan suhbat uyushtirdi. Unda taniqli biznesmenning Ukrainaga qarshi kechayotgan urushga munosabati, saratonga qarshi kurashgani, bankdagi ulushini nima uchun sotgani va boshqa bir qancha savollarga batafsil to‘xtilib o‘tilgan. “Daryo” shu suhbatning ayrim e’tiborga molik o‘rinlarini o‘zbek tilida havola etadi.

    Tinkov besh yil avvalgi intervyusida Vladimir Putinni imperator etib tayinlash haqida taklif bergandi. U nima uchun bunday qilgandi?

    Putinni imperator etib tayinlash haqida aytganimdan besh daqiqa avval yo besh daqiqa keyinroq men shunday deganman: “Putin mamlakatda yuz berayotgan korrupsiya uchun javobgar”. Ayni vaqtda bu gapim unutilib, podshohlik haqidagi gapim tinmay eslanyapti.

    Besh yil avval, qo‘lingda besh-olti milliard dollar pul va 50 ming ishching bo‘lgan paytda, korrupsiya uchun shaxsan Putinni ayblash shunchaki dovyuraklik emas, balki o‘ta katta jasorat edi. Ixtiyorida shuncha mablag‘i bo‘lgan har qanday shaxs bunga jur’at topolmasdi. Lekin men aytdim.

    Xo‘sh, imperatorlik haqidagi gap bilan nimani nazarda tutgandim? Birinchidan, bu piching edi. Ikkinchidan, nima deganimni yaxshi eslayman. Umuman, Rossiya monarxiyaga aylansa, yomon bo‘lmasdi. Ayniqsa, urushga qarshi yozgan postim ostidagi sharhlardan keyin. Ichkaridagi xalq qanday fikrda ekanligini ko‘rdim. Ularga shoh kerak. E’tibor bering, shu fikrni bildirganimdan uch yil o‘tib, Putin konstitutsiyani o‘zgartirdi va chindan ham shoh bo‘lib oldi.

    Tinkov nima uchun urush boshlanishidan avval hukumatni deyarli tanqid qilmagan?

    Men siyosatchi emasman va hech qachon bu ish bilan shug‘ullanmaganman. Siyosat meni umuman qiziqtirmaydi. Bugungi ishlarni esa shunchaki vijdon amri bilan qilyapman. Shunchaki o‘zimning insoniy munosabatimni bildiryapman. Putinni tanqid qilishga majbur emasdim, bu mening vazifamga kirmaydi. Men tadbirkorlik bilan shug‘ullanardim, shu sohani rivojlantirganman.

    Jurnalistlar bilan kechgan yuzma-yuz suhbatlarda fikrimni juda ochiq bayon qilardim. Yana nima istaysiz? Kremlga plakat ko‘tarib kiraymi?

    Haydovchim Sergey Mitkov buni tasdiqlashi mumkin. 2012-yilda u meni Pushkin maydoniga (Putinning navbatdagi prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng — “Daryo” izohi) olib borgan. Men o‘sha yerda edim, uch soat turdim. Sovuqdan oyoqlarim muzlab qolgani esimda. U yerda Boris Nemsov, Navalniy va yana kimlardir bor edi. Ular: “Putin — muttaham!” — deb qichqirayotgandi. Men ham ularga qo‘shildim. O‘sha maydonda turib, ularni qo‘llab-quvvatladim. Mendan yana nima istaysiz?

    Ayni vaqtda kechayotgan urushga Rossiyadagi aksar kishilarning, shu jumladan, Tinkovning ham siyosatga atayin aralashmasligi sabab bo‘lmaganmikin?

    Kimdir siyosatdan atayin qochsa, kimnidir bu narsa qiziqtimaydi. Shaxsan men siyosatga qiziqmayman, lekin fuqarolik jamiyatining to‘laqonli a’zosi bo‘lganman, deya olaman. Qilgan ishlarim va aytgan gaplarim haqida xodimlarimdan so‘rang. Masalan, Navalniy shifoxonada yotgan paytdagi mitingda 54 nafar ishchim qo‘lga olingani haqida pochtamga xabar keldi. Men bunga javoban: “Ajoyib! 54 odamim mitingda qo‘lga olinibdi! Bu axir ajoyib-ku!” — deb, bizda shunday azamat yigitlar ishlashidan mamnunligimni bildirganman.

    Biznes, iqtisodiyot yoki umumbashariy qadriyatlar haqida gaplashishim mumkin, lekin siyosat mavzusiga yo‘qman. Albatta, bu voqealarda barchamiz aybdormiz. Butun Rossiya axlatga bulg‘andi, u bizni bulg‘adi.

    Saratondan davolanish vaqtida ko‘rgan dahshatlari va 9 milliard dollar yo‘qotgani

    Men juda ko‘p o‘limlarga guvoh bo‘ldim. Gematologiya bo‘limida odamlar ko‘p vafot etadi — qon saratoniga chalinganlar. O‘lim ehtimoli yoshga qarab 50 foizdan 90 foizgacha oshib boradi. Mening o‘lishim ehtimoli, taxminan, 60 foiz edi. Xullas, ko‘z o‘ngingda olib chiqib ketilayotgan jasadlarni ko‘rganingda o‘zing ham murdaga aylanib qolganingni seza boshlaysan va Xudoga yolvorasan.

    Oila a’zolarim men uchun kollaj tayyorlab, xotinim, bolalarim unga “Oleg, seni uyda kutyapmiz!”, “Dada, sizni kutyapmiz!” kabi so‘zlarni yozibdi. Men bu kollajga qarab: “Yo Xudo, tirik qolishni istayman, nabiralarimni ko‘rishni istayman”, — deyman. Keyin esa bu yoqda bolalar, ayollar, odamlar shunchaki o‘ldirib yuborilayotganini ko‘rasan! Kimdir, aniqrog‘i, Rossiya qurolli kuchlari bu ishni qilmoqda. Bu nima uchun amalga oshiriliyotgani esa tushunarsiz.

    Men bu vaziyatda jim turolmasdim. To‘g‘ri, sen saratondan o‘lishing mumkin, lekin nima uchun bombadan o‘lib ketishing kerak? Chunki sen Ukrainada yashaysan. Bu nima degan gap? Bu qanday qilib XXI asrda sodir bo‘lishi mumkin?

    Rossiyada qolgan va haqiqatni aytishdan qo‘rqayotganlarni tanqid qilishga haqli emasman. Ularning boradigan joyi yo‘q, Italiya yoki boshqa biror chet mamlakatda uyi ham bo‘lmasa kerak. Ular ishsiz. Men ularning ustidan hukm chiqarmoqchi emasman. Lekin men 9 milliard yo‘qotdim, bu pullardan voz kechdim. Men sharaf bilan o‘lishni ma’qul ko‘rdim, qo‘rqoq bo‘lmaganim uchun farzandlarim mendan faxrlanib yurishini istadim. To‘g‘ri, boshida qo‘rqdim, lekin buni baribir qildim.

    “Tinkoff Bank”dagi ulushi sotilgani to‘g‘risida

    Uni o‘z xohishim bilan sotdim, lekin narxi men xohlagandek bo‘lmadi. Bularning hammasi boshlangan vaqtda oxiri yaxshilikka olib bormasligini bilardim: men jim tura olmasdim. O‘z navbatida, ular ham hujumga o‘tishi tayin edi. Bank xavf ostida qolib ketishini tushunib turardim. Rahbariyat esa meni ogohlantirishni qo‘ymasdi: “Oleg, iltimos, tinchroq tur, sabr qil. Qo‘l ostimizda 70 ming xodim va 22 million mijozimiz bor”.

    Kadr: YouTube / “VDud”

    Kadr: YouTube / “VDud”

    Lekin bir kuni sabrim tugadi, ularni tahdid ostida qoldirmaslik uchun ulushni sotishim kerakligini angladim. Shundan keyin, mart oyining boshida, xaridor qidira boshladim. Moskva fond birjasida savdolar yangidan boshlandi, kompaniya narxi 8 milliard dollarga tushib qoldi, bu “avvalgi” 22 milliard dollarlik qiymatdan uch baravar kam edi. Ya’ni mening 35 foiz ulushim o‘shanda 2 milliarddan oshardi.

    Men uni chegirma bilan, ehtimol, 1,5 milliardga sotarman, deb o‘yladim. Keyin xaridor qidira boshladim. Birinchi, ikkinchi, uchinchi oligarx bilan gaplashdim va ulardan “Sotib olishimiz mumkin, lekin qimmatroq, hozir barchamiz sarosimadamiz” kabi gaplarni eshitdim. Kutilmagan voqea bo‘ldi — sanksiyaga uchragan kamida uch nafar tanishim Rossiyaga qaytishni istamaydi. Kimdir Dubayda, kimdir Londonda.

    Tinkov sanksiyalardan qutulib qolish uchun Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini tanqid qilganmi?

    Agar men bankdagi ulushimni kecha sotib, bugun siz bilan shunday gaplashib o‘tirganimda, siz shunday shubhaga borishingiz mumkin edi. O‘shanda men sizni tushungan bo‘lardim.

    Biroq menga nisbatan hech kim bunday gumon qilolmaydi, chunki men ulushni sotishimdan avval korrupsiya botqog‘iga botgan hukumatimiz, qurolli kuchlarimiz va boshqalar haqida fikr bildirib bo‘lgandim. Hali kelishuvlar yo‘q edi. Kamchatka va Astraxanda dala hovlilarim bor edi, hozir hammasi sotilgan. Ularni sotishdan bir hafta avval tanqidiy fikrlarimni aytishga ulgurgandim.

    Masalan, Fridman (Alfa Bank asoschisi Mixail Fridman nazarda tutilmoqda — “Daryo” izohi) menga qo‘ng‘iroq qilib: “Aqlingni yo‘qotib qo‘yibsan. Avval sotib, keyin gapirish kerak edi”, — degan. Men esa ortiq jim turolmasligimni, bundan hayiqmasligimni aytganman. Nima farqi bor — buning uchun ikki milliard olamanmi, yuz millionmi yoki ellikmi. Xo‘sh, nima farqi bor? Men bu axlatga bulg‘anib yashashni istamayman, hammasini unutishni istayman, tamom.

    2019-yili Tinkoff Bankni “Yandeks”ga sotish ishlari muvaffaqiyatsiz tugagani haqida

    Arkadiy Voloj bilan uzoq muzokara qilganmiz. Arkadiyni ajoyib tadbirkor deb bilaman, lekin u o‘shanda o‘zini u qadar konstruktiv tutmadi. U 6 milliard dollar taklif qildi, men esa yana 200 million qo‘shishni so‘radim. Qancha yo‘qotganimni tushunyapsizmi? Men doim shoshqaloq bo‘lganman. Agar o‘shanda bitim tuzganimda, hozir qo‘limda 2,2 milliard naqd pul bo‘lardi. Ehtimol, uni nimadir qilib olib qo‘ygan bo‘lishardi.

    To‘g‘risi, men pulga umuman achinmayman. Takabburlikday tuyulishi mumkin, lekin chindan ham shunday. Men mamlakatdagi eng yaxshi bankka asos soldim.

    U aytgan pulimni qo‘shishni istamadi. Jamoam bu kelishuvga keskin qarshi edi va bu yaxshilikka bo‘ldi. Keyin ko‘nglim joyiga tushdi va kompaniyadan ketdim.

    Intervyuni to‘liq ko‘rinishda YouTube’da tomosha qilish mumkin — havola.

    14.05.2022, 14:51   Izoh (0)   35409
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.