Aktrisa Durdona Qurbonova “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni Daryo muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Aktrisa Durdona Qurbonova suhbat davomida uning xarakterini bilmaydigan insonlar tomonidan bo‘lgan nojo‘ya takliflar haqida so‘zlab berdi.
Nojo‘ya takliflar bo‘lgan. Bu asosan san’atga endi kirib kelayotgan vaqtimda ko‘p bo‘lgan. Shou-biznesga endi kirib kelayotganimda xarakterimni bilmaydiganlar har xil nojo‘ya takliflarni qilishgan.Ma’lumot uchun, Durdona Qurbonova 1998-yil 2-iyun kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. San’at kollejida hamda O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining Dramatik teatr va kino aktyorligi fakultetida tahsil olgan. 50 ga yaqin film, seriallarda, 100 dan ortiq kliplarda bosh rollarni ijro etgan. Durdona Qurbonova bugungi kunda aktrisalikdan tashqari, xonandalik faoliyati bilan ham shug‘ullanib kelmoqda.Ko‘pchilik qizlar shou-biznesga endi kirib kelayotgan vaqtlarida “mashhur bo‘laman”, deb kirib keladi. U mashhur bo‘lishi uchun kimlardir no‘jo‘ya takliflarni qiladi, qaysidir aktrisa balki bu taklifga rozi bo‘lar, ammo o‘zini hurmat qilgan inson bunaqa takliflarga rozi bo‘lmaydi. San’at mening hayotim bo‘lmagani uchun hammasiga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatganman, urishgan vaqtlarim ham bo‘lgan. Bunday takliflarni rejissorlar, aktyorlar berishgan.
Nojo‘ya taklif faqatgina nojo‘ya, ko‘pchilik o‘ylaganidek yomon ma’noda emas, “yaxshi ko‘rib qoldim” mazmunidagi so‘zlardan ham iborat bo‘lgan. O‘zimning darajamni ushlab, yo‘limni topganimdan so‘ng, menga hech kim ortiqcha gap gapira olmaydigan bo‘lgan. Hattoki bolalar kelib, gapirishga ham qo‘rqadi.
Durdona Qurbonova, aktrisa, insta-bloger
Izoh (0)