• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bayden Putinda hozir Ukrainadagi urushdan chiqish rejasi yo‘qligidan xavotir bildirdi

    AQSH prezidenti Jo Baydenning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozirda Ukrainadagi urushdan chiqishni rejalashtirmayapti. Bu haqda u Vashington yaqinida bo‘lib o‘tgan xayriya tadbirida so‘zlaganida gapirdi, deb yozmoqda Reuters.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Baydenning aytishicha, Putin Rossiyaning Ukrainaga bosqini NATO va Yevropa Ittifoqini parchalaydi, deb yanglishgan. Buning o‘rniga AQSH va ko‘plab Yevropa davlatlari Ukraina tarafini oldi.

    Bayden u hisob-kitobli odam sifatida biladigan Rossiya prezidentining hozirgi vaziyatdan “ayni vaqtda chiqish yo‘li yo‘q”, degan xavotirdaligini aytdi. AQSH prezidentining qo‘shimcha qilishicha, uning o‘zi “bu borada nima qilish kerakligini aniqlashga urinmoqda”.

    Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi bir qancha sanksiyalar paketini joriy qildi va Ukrainani, jumladan, qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatladi.

    Pentagonning 6-may holatidagi hisob-kitoblariga ko‘ra, urush boshlangandan beri birgina AQSH Ukrainaga 3,8 milliard dollarga yaqin harbiy yordam yuborgan. 9-may kuni Bayden lend-liz dasturi doirasida Ukrainaga qurol yetkazib berish haqidagi qonunni imzoladi. Qonun AQSH prezidentiga “Ukraina aholisini Rossiya harbiy bosqinidan himoya qilish va boshqa maqsadlar uchun” qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha Kiyev bilan kelishuvlar tuzishda kengaytirilgan vakolatlarni beradi. Boshqacha aytganda, hujjat Ukrainaga harbiy yordam yetkazishni tezlashtiradi va soddalashtiradi.

    Qonun orqali Bayden AQSHga Ukraina hukumati yoki “Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan jabr ko‘rgan boshqa Sharqiy Yevropa davlatlari rasmiylariga ushbu mamlakatlarning mudofaasini yaxshilashga yordam berish uchun” soddalashtirilgan harbiy jihozlar berishni buyurishi mumkin.

    Kremlning ta’kidlashicha, G‘arb davlatlarining harakatlari, jumladan, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish “operatsiyaning tez yakunlanishiga hissa qo‘shmaydi, biroq shu bilan birga, maxsus harbiy harakatlar davomida qo‘yilgan maqsadlarga erishishning oldini olishga ham qodir emas”.

    9-may kuni Putin Rossiyaning Ukrainada “maxsus operatsiya” o‘tkazish bo‘yicha barcha rejalari amalga oshayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Donbass “muammosini” tinch yo‘l bilan hal qilish uchun eng kichik imkoniyatdan ham foydalangan bo‘lardi, “lekin Rossiyaga bunday imkoniyatni qoldirishmagan”.

    Mavzuga doir:

    • Bayden AQSHning Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar qo‘llashda ochiqligini ma’lum qildi
    • Bayden Putinning Ukrainadagi siyosatini “genotsid” deb hisoblamoqda

    10.05.2022, 18:03   Izoh (0)   21322
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya iqtisodiyoti 1994-yildan beri eng katta qisqarishga duch keladi

    10.05.2022, 17:02

    Qirolicha Yelizaveta II sog‘lig‘i sabab parlamentning tantanali ochilish marosimida ishtirok etmasligi ma’lum qilindi

    10.05.2022, 16:01

    Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga “o‘nlab yillar” ketishi mumkin — Makron

    10.05.2022, 14:58

    Xarkovdagi jang oqibatlari, Donbassdagi yarador askarlar. Urushning 75-kunidan fotoreportaj

    10.05.2022, 14:10

    Bitkoin 2021-yil iyulidan beri birinchi marta 30 ming dollardan pastga tushdi

    10.05.2022, 13:22

    Yaponiya Rossiya bosh vaziri, DXR va LXR rahbarlariga qarshi sanksiyalar kiritdi

    10.05.2022, 11:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.