Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlar tahlilini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2021-yil yakuni bo‘yicha eng ko‘p zarar ko‘rgan 20 ta korxona ro‘yxati tuzildi.
Ushbu korxonalar o‘tgan yili jami 6,06 trln so‘m zarar ko‘rgan:
- “O‘ztransgaz” — 2,5 trln so‘m;
- “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” — 2,1 trln so‘m;
- “Toshissiqquvvati” — 534,3 mlrd so‘m;
- “Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi” — 304 mlrd so‘m;
- “Toshshahartransxizmat” — 127,6 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.
Keyingi o‘rinlarda, “Angren issiqlik elektr stansiyasi” (87,6 mlrd so‘m), “Angren shahar issiqlik energiyasi korxonasi” (68,3 mlrd so‘m), “Toshkent issiqlik markazi” (53,6 mlrd so‘m), “O‘zavtotrans servis” (51,5 mlrd so‘m) va “FK Bunyodkor” (37 mlrd so‘m) korxonalaridir.
2020-yil bilan solishtirganda nimalar o‘zgardi?
2020-yilda 20 ta eng ko‘p zarar ko‘rga korxonalar jami 6,1 trln so‘m yo‘qotgan.
“Toshkent metallurgiya zavodi”, “O‘zbekko‘mir” va “Grand Road Tashkent” eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar ro‘yxatidan chiqib ketdi.
“Uzbekistan Airways” zarar ko‘rayotgan kompaniyalar ro‘yxatidan foyda ko‘rganlarga ko‘chdi.
Izoh (0)