Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2021-yilda davlat ulushi bo‘yicha eng ko‘p dividend to‘lagan 10 ta korxona ro‘yxatini shakllantirdi.
Dividend — bu aksiyador uchun iqtisodiy kompensatsiya shaklidir. Aksiyador — bu kompaniyaning kamida bitta aksiyasiga ega bo‘lgan har qanday shaxs. Va olingan foydani taqsimlash usullaridan biri bu dividendlardir. Shu tarzda aksiyador har yili kompaniya tomonidan belgilangan yillik summani oladi.
2021-yil yakuni bo‘yicha bu korxonalar jami 13,2 trln so‘m to‘lagan.
- Birinchi o‘rinda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” — 9,9 trln so‘m;
- Ikkinchi o‘rinda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” — 2,4 trln so‘m;
- Uchinchi o‘rinda “O‘zbekneftgaz” — 240,5 mlrd so‘m dividend to‘lagan.
To‘rtinchi o‘rinda “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” (131,3 mlrd so‘m), beshinchi o‘rinda esa “Farg‘onaazot” (104 mlrd so‘m).
Keyingi beshlikda “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” (91 mlrd so‘m), “O‘zavtosanoat” (80,2 mlrd so‘m), “Poytaxt qurilish va xizmat” (45,2 mlrd so‘m), “Issiqlik elektr stansiyalari” (40,2 mlrd so‘m) va “Avtoklaster” (38,6 mlrd so‘m) korxonalari.
Izoh (0)