O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi farmoyishi asosida, joriy yilning 30-aprel kuni mamlakatimizda “Mahalla obodligi — yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi e’lon qilingan edi.
Ushbu savobli tashabbus yurtimizning barcha hududlarida korxona, tashkilot, idora va boshqa turli muassasalar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. Mustaqil O‘zbekistonning obodonchiligi uchun minglab yurtdoshlarimiz ko‘ngilli ravishda hasharga chiqishdi.
Xayriya hasharida “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida faoliyat olib borayotgan “Andijondonmahsulot” aksiyadorlik jamiyatining ishchi xodimlari ham faol qatnashmoqda.
“Andijondonmahsulot” aksiyadorlik jamiyati xo‘jaliklarda yetishtirilgan don mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash va ularni qayta ishlash natijasida olingan un va omixta yem mahsulotlarini viloyat aholisiga yetkazib berishga mo‘ljallangan. Shuningdek, jamiyat urug‘lik sexlarida urug‘liklarni qayta ishlab, saralab, konditsiya holiga keltirib, ekish uchun xo‘jaliklarga tarqatish yo‘lga qo‘yilgan.
Jamiyatning tarkibida Oltinko‘l, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlarida don qabul qilish shoxobchalari, Andijon shahrida non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Aksiyadorlik jamiyatida hozirda 400 nafarga yaqin ishchi xodimlar mehnat qiladi. Shuningdek, don qabul qilish va urug‘lik bug‘doy tayyorlash mavsumi davomida 300 nafarga yaqin mavsumiy ishchi xodimlar ish bilan ta’minlanadi.
Bugun erta tongdan jamiyat ishchi xodimlari Andijon shahrining don mahsuloti korxonasi joylashgan Amir Temur shoh ko‘chasi va Chinobod ko‘chalari hududlarida, barcha korxona va don qabul qilish shoxobchalarida hashar uyushtirdilar.
Xususan, viloyatda “Yashil makon” loyihasi asosida barpo etilgan bog‘-rog‘larda tozalash, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ko‘chalar, ariqlar chiqindilardan, gulzorlar, yo‘lkalar begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlarga shakl berilib, ohak bilan oqlandi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)