Yurgen Klopp “Liverpul” bosh murabbiyligida 373 ta o‘yin o‘tkazib, 229 tasida g‘alaba qozondi.
61,4% g‘alaba — klub tarixida kamida 50 ta o‘yin o‘tkazgan murabbiylar orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mersisaydliklar barcha musobaqalarda so‘nggi 11 o‘yinda 9 ta g‘alaba qayd etdi. “Liverpul”ning keyingi o‘yini 30-aprel kuni APL doirasida “Nyukasl”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, nemis mutaxassisi Mersisayd klubi bilan 2026-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bitim imzolagani xabar qilingandi.
Klopp “Liverpul”ni 2015-yildan beri boshqarib keladi. Bu vaqtda u klub bilan beshta sovringa ega chiqdi, ular ichida Angliya chempionligi va YChL bosh sovrini ham bor. Ayni vaqtda “Liverpul” APLda ikkinchi o‘rinda ketmoqda, Chempionlar Ligasida esa yarim finalda ishtirok etyapti.