“Manchester Siti” Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki o‘yinida “Real”ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola faoliyati davomida “Real”ni 12-marta mag‘lubiyatga uchratdi.
Ispaniyalik mutaxassis faqatgina “Arsenal” (17) va “Byornli”ni (14) Madrid klubidan ko‘proq mag‘lub etgan.
Shuningdek, bu Gvardiolaning “Real” ustidan ketma-ket 3-marotaba g‘alaba qozonishi. Pep jamoalari “Real”bilan o‘zaro 20 marotaba to‘qnash kelgan: 12 marta Gvardiola ustun kelgan bo‘lsa, 4 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan, qolgan 4 tasida “Real” zafar quchgan.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola “Manchester Siti”dan avval “Barselona” va “Bavariya”ni boshqargan.
Izoh (0)