Otabek Choriyev Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u 2021-yilning aprelidan buyon Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
U avval ham bojxona tizimida ishlagan. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari bo‘lishidan avval Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Otabek Choriyev 1974-yilda Surxondaryoda tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 1996-yildan boshlab Davlat bojxona qo‘mitasi tuzilmalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Bundan avval O‘tkir Qodirov Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan olinib, Qashqadaryo hokimiga o‘rinbosar bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)