O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
“Aminmanki, davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch ruhidagi uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va intilishlarimiz orqali xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib boraveradi”, — deyiladi, jumladan, Shavkat Mirziyoyevning maktubida.
Avvalroq Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 58,54 foiz ovoz (18 779 641) bilan g‘alaba qozongan edi. Makronning raqobatchisi “Milliy uyushma” yetakchisi Marin Le Pen 100 foiz ovozlar hisob-kitobidan keyin 41,46 foiz ovoz to‘plagan (13 297 760).
Izoh (0)