• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tilimizni bilamizmi: “Ramazon” nima degani, “ro‘za”-chi? Ramazonga oid so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi

    Yurtimizda muborak Ramazon shukuhi kezyapti. Musulmonlar bu oyni sog‘inib kutadi, katta xursandchilik va toat-ibodatlar bilan o‘tkazadi. Bu oy bilan bog‘liq ko‘plab so‘zlar, atamalar o‘zbek tili xazinasidan joy olgan. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday so‘zlarning ba’zilarini izohlaydi.

     Ramazon

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Hijriy-qamariy yil hisobida to‘q­qizinchi oy shunday nomlanadi. Bu oy davomida musulmonlar ro‘za tuta­di. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu so‘z qadim tarixga ega. Ramazon dastlab juda issiq kunlarga to‘g‘ri kelgani uchun unga ramazon – juda issiq, kuydiradigan issiq deb nom berganlar. So‘zning ana shu ma’nosidan kelib chiqib, bu oyda ro‘za tutgan odamning gunohlari kuyib, yo‘q bo‘ladi degan fikr ham aytiladi.

    Ro‘za

    Forscha ro‘z, ya’ni kun so‘ziga -a qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan. Ildizi so‘g‘dchaga borib taqaladi. Ro‘za tutgan kishi sahardan quyosh botgunga qadar, demak, butun kun davomida yeb-ichmaydi. Bu so‘z arab tilida as-savm, as-siyam deyiladi. Uning lug‘aviy ma’nosi biror narsadan o‘zini mutlaqo tiyib turishdir.

    Ro‘za so‘zi Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Eron, Hindiston, Pokiston, Bangladesh kabi mamlakatlar tillarida ham ishlatiladi. U rus tiliga uraza shaklida kirgan.

    Saharlik

    Arabcha sahar so‘ziga o‘zbekcha -lik qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan. Tong otmasdan, ro‘za tutish vaqti boshlangunga qadar yeyiladigan ovqat va shunga belgi­­lan­gan vaqtni anglatadi. Saharlik arab tilida suhur deyiladi. U sahar so‘zi bilan o‘zakdosh.

    Iftorlik

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Bu so‘z arabcha ro‘za tutishni to‘xtatdi ma’nosidagi fatara fe’lidan yasalgan. Asliyatda ro‘za tutishni to‘xtatish, nonushta qilish ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilida ro‘za kunlari shom paytida o‘tkaziladigan ro‘zani ochish, og‘iz ochish marosimini, og‘iz ochib ovqatlanishni, mana shu paytda beriladigan ziyofat, mehmondorchilikni anglatadi.

    Ro‘za ochish jarayonini so‘zga -lik qo‘shimchasini qo‘shib iftorlik deb atash ham keng tarqalgan.

    Tarovih

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Arabcha taravihu – tarviha so‘zidan, o‘zbek tiliga tovush o‘zgarishiga uchragan holda o‘tgan. Asliyatda dam olish, hor­diq onlari ma’nosini anglatadi. Ibodat ma’nosida esa asliyatda ham, o‘zbek tilida ham xufton namozidan keyin o‘qiladigan sunnat namozni anglatadi. To‘rt rakat o‘qib, ortidan dam olingani uchun bu namoz tarovih deb nomlangan.

    Qadr kechasi

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Ramazon oyidagi fazilatli, ming oydan afzal kecha. Arab tilidagi laylatul qadr iborasi o‘zbekchada belgilash kechasi, miqdor kechasi ma’nosini anglatadi. Qadr kechasi o‘zbek tilida laylatulqadr shaklida ham ishlatiladi.

    Fitr

    Ramazon oyi ro‘zasidan keyin, shukronalik uchun beriladigan sadaqa. U iftor so‘zi bilan o‘zakdosh bo‘lib, ro‘za tutish tugashini, og‘zi ochiqlikni bildiradi. Uning ehson, hadya ma’nosi ham bor.

    Shavvol oyining birinchi kuni nishonlanadigan Ramazon hayiti yoki ro‘za hayiti arab tilida Iydul fitr deb ataladi. Bunda bir oylik ro‘za yakuniga yetib, og‘zi ochiqlik boshlanadi.

    Fidya

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Fidyaning lug‘aviy ma’nosi fido qilishdir. Shariatda ma’lum bir narsaning o‘rniga mol sarflash fidya berish deyiladi. Masalan, Ramazon oyi ro‘zasini uzrli sabablar tufayli tuta olmaganlar fidya beradi.

    Fidya bir kambag‘alning bir kunlik o‘rtacha tirikchiligini ta’minlaydigan ovqat miqdoridir. Uning hajmi taom yoki unga to‘g‘ri keladigan pul birligida belgilanadi. Bunda har bir joyning iqtisodiy-maishiy shart-sharoitidan kelib chiqiladi.

    Arafa

    O‘zbek tilining etimologik lug‘atiga ko‘ra, bu so‘z tog‘ning nomidan kelib chiqqan. Hojilar zulhijjaning to‘qqizinchi kuni Arofot tog‘ida turib hajning asosiy arkonlaridan birini ado etishadi. Shu kun Arafa kuni deb yuritiladi.

    Keyinchalik arafa so‘zi turdosh otga aylanib, hayit oldidagi kun ma’nosini anglata boshlagan. Bu so‘zning asliyatda bilish, tanish degan ma’nosi ham bor.

    Arafa so‘zining ma’nosi o‘zbekchada kengaygan. U turli bayramlar yoki biror tantanali kundan oldingi kunni, biror voqea-hodisaga yaqin muddatni ham ifodalaydi: Mustaqillik bayrami arafasida, xalqaro avtobus qatnovlari tiklanish arafasida, muhim sana arafasida kabi.

    Arafa so‘zi Qurbon hayitidan oldingi kunga nisbatan ishlatiladi. Garchi izohli lug‘at har ikki hayitdan oldingi kunni arafa deb atash mumkinligi yozgan bo‘lsa-da, Ramazon hayitidan oldingi kunga nisbatan bu so‘zni ishlatish xatodir. Chunki u zulhijja oyidagi kunni bildiradi, Ramazondagi emas.

    Hayit

    Bu so‘z aslida arabcha iyd so‘zidan kelib chiqqan. O‘zbek tilida tovush o‘zgarishlariga uchrab, hayitga aylangan. U asliyatda takrorlash, bayram qilish kabi ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilida musulmonlarning ikki bayrami – Qurbon va Ramazon hayitlariga nisbatan ishlatiladi xolos.

    20.04.2022, 12:27   Izoh (0)   82983
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.