“Liverpul” Angliya Chempionatining qoldirilgan 30-tur o‘yinida “Manchester Yunayted” ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Premyer Liga joriy mavsumi birinchi davrasida “Liverpul” 2021-yilning oktabr oyida mankunianliklarni 5:0 hisobida taslim etgandi. O‘sha o‘yinda Ole-Gunnar Sulsher “qizil iblislar” bosh murabbiyi edi. Ikkinchi o‘yinda esa jamoa Ralf Rangnik qo‘l ostida maydonga tushdi.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mersisaydliklar 9:0 hisobida “Manchester Yunayted”dan ustun keldi. Bu mankunianliklar uchun chempionatda 129 yil ichidagi eng yomon natija hisoblanadi.
“Manchester Yunayted” 1892/93-yilgi mavsum Angliya chempionatida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Sanderlend”ga 0:11 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)