“Inter” Italiya Kubogi yarim finalida “Milan” ustidan g‘alaba qozonib (0:0, 3:0), final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
“Nerazzurilar” 2011-yildan buyon ilk bor kubok finalida ishtirok etadi. O‘shanda “Inter” “Palermo”ni 3:1 hisobida taslim etib, sovringa ega chiqqandi.
Tarixda 14-marta, 2004/05-yilgi mavsumdan beri ilk bor “Inter” va “Milan” bir mavsumda o‘zaro to‘rt marta to‘qnash keldi. Ularning yettitasida “rossionerilar” mavsumdagi to‘rtala o‘yinda ham yutqazmagan.
Italiya Kubogining ikkinchi finalchisi 20-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Yuventus”—“Fiorentina” bahsidan so‘ng aniq bo‘ladi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yin turinliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)