“O‘zgidromet” 11-aprel, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, Jizzax viloyatida ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 8—11-aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Mavzuga doir: Foto: Yashillik va gullarga burkangan Toshkent
Izoh (0)