Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Pasport mustahkamligi bo‘yicha O‘zbekiston 6 pog‘ona yuqorilab, 63-o‘rinni egallab turibdi. Ma’lumotlar Passport Index saytida e’lon qilingan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonning pasport indeksi 4 taga yuqorilab 67 indeks bo‘ldi. Mamlakat indeksi qanchalik baland bo‘lsa, mamlakat pasporti ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. 

Reytingga Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 193 ta davlat, shuningdek, 6 ta hudud — Tayvan, Makao, Gonkong, Kosovo, Falastin hududi va Vatikan kiritilgan.

O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lgan fuqarolar 23 ta davlatga vizasiz, yana 42 ta davlatga esa yetib borgandan keyin vizani olishlari mumkin. O‘zbekistonliklar 131 ta davlatga faqat tegishli viza bilan kirishlari mumkin.

Dunyodagi eng kuchli pasport BAA fuqarolariga tegishli bo‘ldi. Ular uchun 110 ta davlatda vizasiz rejim mavjud, yana 53 ta davlatda vizani yetib borgandan keyin olish mumkin.

Afg‘oniston oxirgi o‘rinni egalladi. Ushbu mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim faqat 4 ta davlatda amal qiladi, yana 31 davlatda viza kelgandan keyin olinishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab 3 yillik IT-Visa joriy etilishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi