28-mart kuni O‘zbekistonga yana 2 108 400 doza Moderna vaksinasi keltirildi. Vaksinalarni yetkazib berish COVAX mexanizmi orqali UNICEF bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
Ma’lum qilinishicha, COVAX dasturi doirasida qabul qilingan dozalarning umumiy soni 19,24 millionga yetgan.
COVAX — JSST, GAVI va CEPIvaccines va UNICEF’ni birlashtirgan global tashabbus. UNICEF vaksinalarni sotib olish va yetkazib berishda yetakchi rol o‘ynaydi.
COVAX mexanizmi doirasida, UNICEF 2022-yil o‘rtasiga qadar COVID-19 ga qarshi yana 24,6 million doza vaksina yetkazib berishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga 2022-yilning fevralida Moderna vaksinasining 2,8 milliondan ortiq dozasi, mart o‘rtalarida 2 million dozaga yaqin Pfizer vaksinasi, 17-mart kuni esa Yaponiyadan 201 600 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelingandi. Bundan tashqari, UNICEF shprislar, xavfsizlik qutilari va shaxsiy himoya vositalari kabi xavfsiz emlash vositalarini xarid qilgan va yetkazib bergan.
Izoh (0)