Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida maktab o‘quvchisining Navro‘z bayramida raqsga tushayotganda yiqilib tushib, hushdan ketgani, so‘ngra vafot etgani xabar berilgandi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur voqea haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi.

“Chandirdagi tez tibbiy yordam shoxobchasida soat 10:55 da bu haqidagi chaqiriq qayd etilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi soat 10:59 da, ya’ni to‘rt daqiqada maktab stadioniga yetib borgan (maktab bilan shoxobcha orasidagi masofa o‘rtacha 300—400 metrni tashkil etadi). Afsuski, bu vaqtda bemor vafot etgan. Tez tibbiy yordam brigadasi xodimlari tomonidan bemorda biologik o‘lim qayd etilgan. Brigadasi kelguniga qadar o‘lim yuz berganligi sababli brigada xodimlari tomonidan marhumaning jasadi tadbirda ishtirok etayotgan ichki ishlar inspektori nazoratida qoldirilgan”, — deyiladi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq videoda aks etgan holat 2022-yilning 19-mart kuni Mirishkor tumanidagi 33-o‘rta maktabda sodir bo‘lgani xabar berilgandi. Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbirda sahna ko‘rinishida ishtirok etayotgan qiz bexosdan yiqilib, hushini yo‘qotgani, so‘ngra vafot etgani xabar berilgandi.

Mirishkor tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Azizbek Yazdurdiyev o‘quvchi qiz avvaldan epilepsiya kasalligi bilan og‘riganini, oiladagi uch nafar farzandning ikkinchisi ekanini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov