Deloitte konsalting kompaniyasi 2020/21-yilgi mavsumda eng ko‘p daromad ko‘rgan futbol klublari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Angliyaning “Manchester Siti” klubi yetakchilik qilmoqda. “Shaharliklar” o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha 644,9 million yevro daromad topgan. Kuchli uchlikdan “Real Madrid” (640,7 mln yevro) va “Bavariya” (611,4) joy olgan.
Quyida 2020/21-yilgi mavsumda eng ko‘p daromad qilgan klublar top-10 ligi bilan tanishing:
- “Manchester Siti” – 644,9 mln yevro
- “Real Madrid” – 640,7 mln yevro
- “Bavariya” – 611,4 mln yevro
- “Barselona” – 582,1 mln yevro
- “Manchester Yunayted” – 558 mln yevro
- “PSJ” – 556,2 mln yevro
- “Liverpul” – 550,4 mln yevro
- “Chelsi” – 493,1 mln yevro
- “Yuventus” – 433,5 mln yevro
- “Tottenhem” – 406,2 mln yevro.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)