• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sirdaryodagi shaharchani suv bosishi oqibatida qancha odam evakuatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi

    Sirdaryo tumanidagi xo‘jaliklararo kollektorning Baxt shaharchasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida suv sathining me’yoridan oshib ketishi oqibatida xonadonlarga suv toshib kirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Sirdaryo viloyati FVB yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari bartaraf etilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

    Foto: Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati

    Foto: Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati

    15-mart kuni tinimsiz yog‘ingarchilik oqibatida Sirdaryo viloyatining Baxt shahri hududidan oqib o‘tuvchi “VJD” xo‘jaliklararo kollektoridan suv toshishi yuzaga kelgan. Suv sathi 4,5 metr kub/soniyaga ko‘tarilishi natijasida Baxt shaharchasining “Xazina”, “Tadbirkor”, “Ishonch”, “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi jami 35 ta ko‘chada suv toshgan. 102 ta xonadon va 525 ta hovliga suv yig‘ilib qolgan, 679 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan.

    Yuzaga kelgan vaziyatni nazorat qilish, tezkor choralar ko‘rish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligida Sirdaryo tumani hokimligi, mahalla vakillari, IIB, Milliy gvardiya, FVB, Quyi Sirdaryo ITHB va boshqa daxldor tashkilot va idoralarning mas’ul xodimlaridan iborat Tezkor shtab va uning ishchi guruhi tuzilgan. Viloyat hokimining topshirig‘i bilan suv bosgan xonadonlardagi aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilib, oziq-ovqat va zarur ashyolar bilan ta’minlangan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev, suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev va boshqa mas’ullar bilan birga tezkor tadbir ishlab chiqilib ishga kirishilgan.

    Foto: Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati

    Foto: Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati

    Shuningdek, mazkur hududda avariya-tiklash hamda suv toshqini hududidan suvlarni chiqarib tashlash tadbirlariga maxsus texnikalar va zaruriy vositalar safarbar etilgan. Viloyat hududidagi aholi turar joylari (hovlilar), ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari obyektlari hududlari va ko‘chalarda yig‘ilib qolgan yomg‘ir suvlarini chiqarib tashlash uchun 40 ta yong‘in o‘chirish avtomobillari, 25 ta motopompa, 18 ta suv tashish texnikalari va 202 nafar FVV xodimi jalb etilgan.

    Baxt shahriga Favqulodda vaziyatlar vazirligining 14 ta yong‘in o‘chirish avtomobili, 16 ta motopompa, 11 ta chuqurlik nasosi, tuman hokimligi va Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining 9 ta samosval, 1 ta avtogreyder, 2 ta avtopogruzchik, 2 ta katok, 1 ta avtokran, 3 ta avtobus, 2 ta suv tashish texnikalari va 1 ta traktori jalb etilib, 28 ta aholi xonadoni va 103 ta uy hovlilari hamda ko‘chalarga toshgan kollektor suvlari chiqarib tashlangan.

    Foto: Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati

    Foto: Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati

    Kuchli va tinimsiz yog‘ingarchilik natijasida suv sathining keskin ko‘tarilishi sababli yo‘llarda vujudga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida M-34 (Toshkent—Dushanbe) avtomobil yo‘li Guliston—Toshkent yo‘nalishining 72-104 kilometri oralig‘ida chuqurchalarni asfaltobeton qoplamasi yordamida yamalgan. Guliston—Ohangaron—Qo‘qon, 4K-671D Baxt shahriga kirish, 4R-25 Sayxun qishlog‘i—Baxt shaharchasi—Qozog‘iston chegarasi va Turon qishlog‘i—Boltoy qishlog‘i avtomobil yo‘llarida to‘planib qolgan suvlarni maxsus texnikalar yordamida ketkazilgan. “Yangiobod”, “Xazina”, “Tadbirkor”, “Tinchlik” mahallalari ichki xo‘jalik yo‘llaridagi to‘planib qolgan suvlarni ketkazish va chegara yo‘llarida qum shag‘al arashlashmasi bilan tekislash ishlari olib borilgan.

    Baxt shahar “Xazina”, “Ishonch”, “Tinchlik”, “Tadbirkor” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlaridagi ko‘chalarning yomg‘irdan zarar ko‘rgan 746 ta xonadonda yuqumli va parazitar kasalliklarini oldini olish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo tumani bo‘limining 14 nafar xodimi tomonidan dezinfeksiya tadbirlari olib borilmoqda.

    Foto: Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati

    Foto: Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati

    “VJD” kollektoriga qo‘yilgan moslamadan suv sathi 1 metrgacha va “VJD-3” kollektoridagi suv sathi 20 santimetrgacha pasaygan. Ushbu kollektorning PK-35 nuqtasida joylashgan gidroko‘prikda 7 nafar ishchi va xizmatchi tomonidan har xil yig‘ilgan chiqindilar tozalangan.

    Foto: Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati

    Foto: Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati

    Sirdaryo va Toshkent viloyatlari “Toza hudud” DUKning 4 tadan maxsus texnikalari yordamida 1920 metr kub to‘planib qolgan suv chiqarib tashlangan.

    O‘zbekistonda mart oyi boshlaridan buyon yomg‘irli ob-havo davom etmoqda. “O‘zgidromet” 17—24-mart kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli 7 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

    Mavzuga doir: Toshkentda deyarli 2 oylik yog‘ingarchilik miqdoridagi yomg‘ir yog‘di — “O‘zgidromet”

    21.03.2022, 15:42   Izoh (0)   25021
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekona kelinsalom, yashil maydondagi polvonlar bahsi, keng daladagi shodiyona — Qashqadaryoda Navro‘z

    21.03.2022, 15:21

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

    21.03.2022, 14:54

    Foto: Toshkentda Navro‘z xalq sayllari

    21.03.2022, 11:58

    “O‘zgidromet” 22-martda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    21.03.2022, 11:41

    O‘zbekiston qurilish materiallari Rossiya bozoridagi g‘arb mahsulotlari o‘rnini egallaydi

    21.03.2022, 10:48

    O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida 11 pog‘onaga pastladi

    21.03.2022, 10:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15

    “Al-Hilol” Aleksandr Isak uchun “rad etib bo‘lmas” taklif jo‘natdi

    Sport | 26 iyul, 16:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.