Suriya prezidenti Bashar Asad BAAda Abu-Dabi shahzodasi shayx Muhammad bin Zayd al-Nahayon hamda BAA bosh vaziri shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum bilan uchrashdi, deb xabar beradi SANA agentligi.
Ma’lum qilinishicha, Suriya prezidenti Bashar Asad Fors ko‘rfazi mintaqasiga oxirgi marta 2011-yilda tashrif buyurgan.
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yo‘llari, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilgan. Shayx al-Nahayon Suriyani arab mamlakatlari xavfsizligining asosiy tayanchi deb atagan. U BAAning Suriya hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolishini ta’kidlagan.
Arab davlatlari ligasiga 18 ta davlat, jumladan, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va Kuvayt kiradi.
Izoh (0)