• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlari talabalariga shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat beriladi

    Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha, yangi tizim joriy etilishini ma’lum qilgan.

    2022/2023-o‘quv yilidan:

    • tibbiyot oliygohlariga davlat grantlari asosida qabul kvotalari, hududlarda shifokorlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, maqsadli oshirib boriladi;
    • ftiziatriya, gematologiya, nefrologiya, pulmonologiya, psixiatriya, shoshilinch tibbiy yordam, laboratoriya ishi, yuqumli kasalliklar kabi 15 ta tor sohadagi mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga davlat grantlari 4 baravarga oshiriladi;
    • 11 ta tibbiyot oliygohida olti oylik ixtisoslashgan kurslar tashkil etilib, har yili 500 nafardan oilaviy shifokorni hududlardagi eng zarur tor soha mutaxassisligi bo‘yicha maqsadli o‘qitish dasturi amalga oshiriladi.
    Davlat rahbari bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura ta’lim tizimi takomillashtirilishini aytgan.

    “Xususan, bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablari, ehtiyoj yuqori bo‘lgan muhim yo‘nalishlar bo‘yicha, qayta ko‘rib chiqiladi; o‘quv rejalari va dasturlar, talabalarning bilimini baholash tizimi xalqaro standartlarga moslashtiriladi; 11 ta tibbiyot oliygohida alohida o‘quv markazlari tashkil etilib, ular zamonaviy Simulyatorlar bilan jihozlanadi. Buning uchun, 250 milliard so‘m yo‘naltiriladi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Bundan tashqari, tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5–6-kurslarida o‘qiyotgan talabalarga, yo‘llanma asosida, birlamchi va tez yordam tizimida shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat berilishi ta’kidlangan.

    “Bu orqali, har yili 7 mingga yaqin talaba munosib ish haqi olib, ta’limni amaliyot bilan birga olib borish imkoniga ega bo‘ladi. Amaliyot davrida yo‘nalishini o‘zgartirishga qaror qilgan talabalarga, o‘qishni boshqa turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha davom ettirishga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, soha uchun ilg‘or meditsinani chuqur tushunadigan, axborot texnologiyalari va chet tillarini yaxshi biladigan, boshqaruv qobiliyatiga ega bo‘lgan zamonaviy tibbiyot menejerlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratamiz”, — deydi davlat rahbari.

    Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, xorijdan nufuzli mutaxassislar jalb qilinib, tibbiyot sohasida malaka oshirish tizimi mutlaqo yangi yondashuvlar asosida to‘liq o‘zgarishini qayd etgan.

    “Bunda, 11 ta tibbiyot oliygohida malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari, 23 ta ixtisoslashgan markazlarda maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, yirik va nufuzli xususiy shifoxonalarda tibbiyot oliygohlarining klinik bazalari tashkil etilib, ularga ham shifokor va hamshiralar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashga ruxsat beriladi. Shu munosabat bilan Respublika tibbiy xodimlar kasbiy malakasini rivojlantirish hamda O‘rta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazlari faoliyati to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi”, — deydi prezident.

    Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, “bu tashkilotlar endi faqat zamonaviy metodikalarni ishlab chiqish va joriy qilish bilan shug‘ullanadi”.

    “Shu bilan birga, shifokorlarning malaka toifasini olish muddatlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda, toifasiz xodimlarga talab etiladigan ish stajlari 5 yildan 3 yilga, birinchi toifaga – 7 yildan 5 yilga, oliy toifaga – 10 yildan 7 yilga qisqaradi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining oylik maoshi yana 15 foizgacha oshiriladi
    • “Oilaviy poliklinikalarda ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytiriladi. Ularda ishlaydigan xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadi” — Shavkat Mirziyoyev
    • “Hozirda tug‘ma yurak nuqsoni bor bolaning operatsiyasi uchun mablag‘ davlat tomonidan to‘liq qoplanmoqda” — Shavkat Mirziyoyev
    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 4-mart kungi videoselektor yig‘ilishida barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat berilishini ma’lum qilgandi. O‘shanda oliygohlar atrofidagi maktab va bog‘chalarda 13 ming vakant ish o‘rinlari mavjudligi, kamida 10 ming nafar talabani ular uchun joylashuvi qulay bo‘lgan maktab va bog‘chalarga ishga joylashtirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan edi.

    18.03.2022, 13:07   Izoh (0)   15664
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu bizga mutlaqo yarashmaydigan holat”. Shavkat Mirziyoyev shifokorga qo‘l ko‘tarish holatlari haqida gapirdi

    18.03.2022, 12:56

    O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining oylik maoshi kamida 10 foizga oshiriladi

    18.03.2022, 12:39

    O‘zbekiston tez tibbiy yordam tizimidagi barcha Damas’lar 2025-yilgacha zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi

    18.03.2022, 12:26

    O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab chet eldan olib kiriladigan tibbiy jihozlar QQS va bojxona bojidan ozod qilinadi

    18.03.2022, 12:22

    “Oilaviy poliklinikalarda ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytiriladi. Ularda ishlaydigan xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadi” — Shavkat Mirziyoyev

    18.03.2022, 12:12

    Toshkent viloyatida prezidentning maxsus farmoni bilan ajratilgan yerni 800 ming dollarga sotishga uringan shaxslar aniqlandi

    18.03.2022, 11:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.