Avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani 17 foizgacha oshirgani haqida xabar berilgan edi. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovni so‘zlariga ko‘ra, buning joriy kreditlarga ta’siri shartnomada belgilangan shartlar asosida bo‘ladi.
Xususan, banklar va mijozlar o‘rtasida o‘zgarmas foiz stavkalarida tuzilgan shartnomalarga asosiy stavka o‘zgarishlari ta’sir etmaydi.
“Banklar va mijozlar o‘rtasida tuzilgan o‘zgaruvchan foiz stavkali, xususan, Markaziy bank asosiy stavkasiga bog‘langan holda tuzilgan foiz stavkalari shartnomalarga ta’siri esa ushbu shartnomada kelishilgan shartlar yoki kredit ajratish bo‘yicha tegishli nizom talablariga muvofiq bo‘ladi”, — dedi Mamarizo Nurmatov.
Jumladan, oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditini ajratish tartibiga muvofiq, ta’lim krediti banklar tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
Bunda, asosiy stavka pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.
Avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani 3 foizga oshirib, 17 foizga ko‘targani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)