Sarimsoq va ziravorlar tufayli tovuq xushbo‘y va mazali bo‘lib pishadi.
Kerakli mahsulotlar:
- zaytun yog‘i – 2 osh qoshiq;
- tovuq oyoqlari – 8 dona;
- tuz – 1 choy qoshiq;
- qalampir, paprika, quritilgan sarimsoq.
- Tovuqdan tashqari barcha mahsulotlar aralashtiriladi.
- Listga pergament qog‘ozi solinadi. Ustidan tovuq oyoqchalari terib chiqiladi va ziravorli aralashma surtiladi.
- Tovuq oyoqchalari taxminan 190 daraja pechda 40 daqiqa davomida pishiriladi.
- Tayyor bo‘lgach, qolip tagiga to‘plangan ziravorli sharbat yana oyoqchalar ustiga surtiladi.
- Ta’bga ko‘ra qalampir qo‘shish mumkin.
Izoh (0)