• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Sovchi kelganida istihora namozini o‘qiganman”. Aziz Rametovning rafiqasi aktyor bilan qanday tanishgani haqida so‘zlab berdi (video)

    2022-yil 3-mart kuni poytaxtdagi muhtasham restoranlarning birida aktyor va rejissor Aziz Rametovning nikoh oqshomi bo‘lib o‘tdi. Bu yil 34 yoshni qarshilagan aktyor Shahloxon Umarova ismli qizga uylandi. Juftlik Milliy TV kanalining “Baxtlimiz” ko‘rsatuvi bergan intervyusida qanday qilib tanishgani haqida so‘zlab berdi.

    “Men Umarova Shahlo – 1993-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilganman. 28 yoshdaman. Oilada ikkita farzandmiz, ukam va men. Aziz akani klip va kinolarda ko‘rganman. “Meni kechir” ko‘rsatuvida bir qiziq voqea bo‘lgan, faqat o‘zlariga aytmaganman. Oyilaridan kechirim so‘rab, juda ham chiroyli ko‘rsatuv tayyorlangan. O‘sha vaqtda uydagilarga aytganman, men shu bolaga turmushga chiqaman, ko‘rasizlar, deb. Shunchaki, o‘sha paytda rostdan ham yoqib ketganlar. Oyim ustimdan kulganlar. Orzuga ayb yo‘q, deganman. Inson sifatida ko‘proq yaxshi xotira berganlar. “Arslon izidan” filmini tushunish uchun 10—12 marta ko‘rib chiqqanman. U paytlarda his-tuyg‘u bo‘lmagan, shunchaki tomoshabin sifatida ijodlarini, iste’dodlarini hurmat qilganman”, — deydi Shahlo Umarova.

    “Oila – bu mas’uliyat. Men bu mas’uliyatdan juda qo‘rqaman. Boshqasi berilsa, ko‘tararman, lekin oilanikidan qo‘rqaman. Mish-mishlar bo‘ladi-da, bo‘lgani yaxshi. Sevgan qizim turmushga chiqqani bu yolg‘on. Men agar rostan sevsam, birovga berib qo‘yadigan bola emasman”, — deydi aktyor Aziz Rametov.

    Aktrisa Saida Rametova Surxondaryodan kelin qilgani haqida shunday deydi:

    “Biz mana Toshkentda yashaymiz. Lekin o‘zim samarqandlik, xo‘jayin turkistonlik. Xudoga shukr, butun respublika, viloyat birlashyapmiz, quda-andachilik bo‘lyapti. O‘zimga aytamanda, baxtli onaman, baxtli qaynonaman. Ko‘pchilik agar qizimni olsangiz, jon deb beraman, avval Azizjon uchun, keyin siz uchun. Chunki siz yaxshi qaynonasizda, deyishadi. Men bundan xursand bo‘laman. Yaqin-yaqindayam teatrimizga kelib, qizlarni rasmini ko‘rsatishar edi. Men jon deb kelin qilaman, lekin gap o‘g‘limda-da, yashaydigan o‘g‘lim, deyman”.

    Shahlo Umarovaning aytishicha, Aziz Rametov bilan ilk marta Instagram orqali tanishgan.

    “Tanishuvimiz Instagram orqali bo‘ldi. Yozishdik, gaplashdik meni soham bo‘yicha. Keyin ko‘rishganda, oyilarini nomi bilan brend mahsulot chiqarishini aytdilar. Birga ishladik, xarakterlari, insoniyligi, Aziz akada juda ham mehribonchilik kuchli, samimiylar. Shularni hurmat qilib, ko‘nglim tushgan”, – deydi Shahlo.

    Aziz Rametov esa ilk tanishuvni quyidagicha ta’riflaydi:

    “Suhbat suhbatga ulandi. Menga Instagram’da reklama qo‘ydirdilar, men ularga murojaat qildim. Ochig‘ini aytaman, barakali pul kirdi undan. ‘Onamga “Saida Collection” brendi ostida ro‘mol va sharflar chiqaryapmiz. Siz shu toshdan chiroyli qilib yozib bering’, – dedim. Keyin Shahlo ham reklama qilib berishimni iltimos qildilar. Reklamani puli, uyat bo‘lsa ham aytaman, juda barakali bo‘ldi. O‘zi ko‘p pul emas, lekin barakali bo‘ldi. Ko‘p pul ishlataman, barakasi bo‘lmagan. ‘Onam, balki shu qiz kelin bo‘lar’, – dedilar. Balki turmushga chiqqandir deb o‘ylab, bu masalani onamning o‘ziga topshirdim. Shu tarzda bir yil do‘stlashdik, ko‘nglimni ovladilar”.

    Saida Rametovaning so‘zlariga ko‘ra Shahlo Nastarin taxallusi bilan ijod qiladi. Uning qo‘li gul, ko‘p san’atkor ayollar bilan ham hamkorlikda ishlagan. Saida Rametova ham o‘zi narsalar buyurgan. Aktrisaning katta kelini bilan ham birga ishlagan. O‘sha vaqtdayoq qizning odobi, axloqi, muomalasi aktrisaga ma’qul kelgan bo‘lsa-da, lekin kelin qilish xayoliga ham kelmagan.

    “Men bilmayman, hali yashab ko‘rmaganman. Lekin aktyor sifatida aytyapman, uylanib qo‘yib, nima qilding, degan kishidek emas. Ayol kishi sevsa, juda yomon sevadi, qattiq sevadi. Do‘stlik bo‘lsa, keyin sevgi bo‘lsa, ana o‘sha ayol qiynalmaydi. Muhabbat, sevib qoldingmi, o‘rtasini ol do‘stim. Muhabbatga ko‘p kirib ketilsa, qaramlik bo‘ladi. Ertaga uni ko‘rolmay qolish mumkin, ishda bo‘lar, menga e’tibor bermayapti deb, xiyonat boshlanadi. Shuning uchun har bir narsani o‘rtasini olish kerak. Qizlarning erkin davri yaxshi ko‘rganiga turmushga chiqadigan davri. Avvalgi zamon emas hozir”, – deydi aktyor.

    Shahlo ko‘rsatuvda ilk marta yuzidagi bezagini nima maqsadda taqqani haqida ham so‘zlab berdi.

    “Uyimda hech kim qarshilik bildirmagan. Tanlovimni hurmat qilishgan. Aziz akani tanigan vaqtimdan bilganman, rashk qilish yoqmaydi. O‘zimni bu narsaga ko‘niktirganman. Sovchi kelganida, istihora namozini o‘qiganman. Buvim shundan keyin alohida tushuntirdilar: ‘Qizim, Aziz chiroyli bola, oshig‘i mingta. Ertaga yashab ketishing uchun sabrli bo‘lishing kerak. Rashk qilish kerak emas. Rashk er-xotinning eng katta urushiga sabab bo‘lishi mumkin. Rashk qilishingdan oldin o‘ylab ko‘r, o‘sha insondan butunlay keta olishingga aqling yetadimi? Yoki shunday qilib orani uzib ketishing kerak. Agar u inson senga kerak bo‘lsa, qadrli bo‘lsa, hech qachon rashk qilmaysan. Ichingga yutasan, sabr qilasan, Allohdan so‘raysan. Agar ayol o‘ziga ishonsa, eriga kerakligini his qilsa, menimcha rashk qilmaydi”, – deya qo‘shimcha qildi Shahlo.

    “San’atkorga rafiqa bo‘lish, san’atkorga kelin bo‘lish haqiqatan ham oson emas. Azizning ham o‘ziga yarasha xarakteri bor. Hammasini oldinda aytib, men qandoq chidagan bo‘lsam, siz ham shunday chidamli bo‘lasiz, dedim. Katta kelinimga ham hammasini boshida aytganman. Hozir mendan ham o‘tib ketgan”, – deydi Saida Rametova.

    “Men shunday yaxshi oila, insonning obro‘sini, hurmatini saqlab qoladigan, iloji bo‘lsa oshiradigan kelin bo‘lishga harakat qilishim kerak. Saida Rametova oyijonim rollaridan 180 darajaga farq qiladi. Juda ham yaxshi, mehribon, bitta tarif berish kerak bo‘lsa, brilliant, tilla ham emas, brilliant ayollar”, – deydi Rametovlar oilasining yangi kelini.

    Mavzuga doir: Aziz Rametovning to‘yi sanasi ma’lum bo‘ldi. Saida Rametova kenja kelinini qanday topgani haqida so‘zlab berdi (video)

    14.03.2022, 11:51   Izoh (0)   84374
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud yulduzlarining baxtli yakun topmagan sevgi hikoyalari (foto)

    13.03.2022, 16:22

    “Onaning vafoti osmon qulashidek musibat ekan”. Yulduz Usmonova konsertida ona haqidagi yangi qo‘shiqni kuylayotganida yig‘lab yubordi (video)

    13.03.2022, 13:52

    Sahnani qo‘riqlayotgan Halima va Mansur Agaliyevning ko‘z yoshlari. Yulduz Usmonovaning konsertidan reportaj (video)

    12.03.2022, 21:25

    “Millionlab odamlar xavf ostida”. Gollivud aktrisasi Keyt Blanshett Ukrainadagi urush haqida videomurojaat yo‘lladi

    11.03.2022, 20:45

    “Yulduz Usmonova bilan birga yurish — faqat restoranda birga o‘tirish degani emas”. Halima Yulduz Usmonova jamoasidagi o‘rni haqida (video)

    11.03.2022, 19:55

    Ilon Mask va qo‘shiqchi Grayms ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi

    11.03.2022, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.