Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV xabar qildi.
Qayd etilishicha, polkovnik Abduvosit Abdurazakov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari-IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar A.Abdurazakov Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Dilmurod Mirsadikov Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar D.Mirsadikov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari-IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lib faoliyat yuritgan.
Polkovnik Ismatjon Ibragimov Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar I.Ibragimov Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Anvar Raxmatov Samarqand tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar A.Raxmatov Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov qismi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Abror Valiyev Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar A.Valiyev IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Bahodir Rahmatov Samarqand viloyati, Narpay tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar B.Rahmatov Samarqand viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan 6 ta tuman IIBlariga yangi boshliqlar tayinlangandi. Shuningdek, Samarqanddagi 4 ta shahar va tuman IIBlariga yangi rahbarlar, Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.
Izoh (0)