• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Davlat mablag‘lari noqonuniy o‘zlashtirilmagan” — Antikorrupsiya agentligi Firdavs Abduxoliqov ishi bo‘yicha izoh berdi

    Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqovga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish davlat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirganlik holati bilan bog‘liq emas. Bu haqda 10-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Firdavs Abduxoliqov

    Firdavs Abduxoliqov
    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yanvar oyida Firdavs Abduxoliqov atrofidagi manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan tekshiruv o‘tkazgandi. Tekshiruv natijasida “Sevimli” telekanali bilan manfaatlar to‘qnashuvi borligini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, agentlik rahbari yaqin qarindoshlari (turmush o‘rtog‘i, qizi va o‘g‘li) ta’sischiligidagi korxonalar manfaatlarini ko‘zlab, davlat budjetidan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larining ajratilishiga erishib, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan. Sud Firdavs Abduxoliqovni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan deb topib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (8 million 100 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlagan.

    Akmal Burhonovning aytishicha, agar Firdavs Abduxoliqov budjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirgani aniqlanganda, u jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lardi.

    Akmal Burhonov

    Akmal Burhonov
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Kinematografiya agentligi direktori nima uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi, unga nisbatan kichik jarima qo‘llandi, nega jinoiy javobgarlik bo‘lmadi, degan mazmundagi ko‘p muhokamalar bo‘ldi. Aytish kerakki, bu yerda davlat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirganlik holati mavjud emas, ya’ni pullar kimningdir cho‘ntagiga tushgan holat yo‘q. Gap davlat xaridlarini amalga oshirish — tanlovni e’lon qilishda manfaatlar to‘qnashuvi borligi haqida xabardor etmagani to‘g‘risida ketmoqda”,  — dedi agentlik rahbari.

    Uning alohida ta’kidlashicha, ajratilgan pullar qonuniy ishlatilgan, pullarni noqonuniy sarflash holati bo‘lmagan.

    “Berilgan buyurtma asosida material tayyorlab berilgan. Pullar to‘g‘ri sarflangan. Manfaatlar to‘qnashuvi borligi va undan o‘zini chetlashtirmagani bo‘yicha ma’muriy javobgarlik belgilangan. Uncha pulni kimdir yeb yuborib, davlat budjeti talon-toroj qilinmagan. Holat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilgan, agar pullar noqonuniy ishlatilganda, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilardi. Shu e’tiborga olinishini so‘rab qolgan bo‘lardim”, — dedi Akmal Burhonov.

    Avvalroq Akmal Burxonov 2022-yil yakunigacha davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulklari deklaratsiyasi jamoatchilikka ochiqlanishini ma’lum qilgandi.

    11.03.2022, 17:07   Izoh (0)   19640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz”: Buxoro viloyatidagi ijtimoiy-infratuzilmaviy sharoitni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar holati o‘rganildi

    11.03.2022, 16:30

    “Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani” — Shavkat Mirziyoyev o‘zbek paxtasi qora ro‘yxatdan chiqarilgani haqida

    11.03.2022, 16:19

    Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi vaziri va uning o‘rinbosarini tanqid qildi

    11.03.2022, 16:07

    Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga hayfsan e’lon qildi, ikkala o‘rinbosarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi

    11.03.2022, 15:46

    Shavkat Mirziyoyev ko‘p tarmoq va hudud rahbarlari hozirgi vaziyatdan xulosa chiqarmayotganini tanqid qildi

    11.03.2022, 15:36

    Rossiya koronavirus sabab O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarga kiritilgan cheklovlarni bekor qildi

    11.03.2022, 15:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31

    AQSH va Xitoy savdosidagi o‘sish bojlar tufayli pasaygani ma’lum qilindi

    Dunyo | 14 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.