8-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:10 da (Toshkent vaqti bilan 23:10) Polshaning Katovitse shahri aeroportidan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bortida 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan navbatdagi maxsus reysi uchdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” agentligi.
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotlari o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish davrida 22 ta maxsus reysni amalga oshirgan. 27-fevraldan 9-mart tongiga qadar Polshadan maxsus bortlar orqali O‘zbekistonga 4787 kishi olib kelingan.
Polsha hududida O‘zbekistonning 260 nafar fuqarosi qolmoqda.
Polshadagi elchixona xodimlari “Karchova” nazorat-o‘tkazish punkti va Katovitse aeroportidagi qabul qilish punktida fuqarolarning muammolarini hal qilmoqda, ularni aeroportga yetib borishi bilan shug‘ullanyapti, ro‘yxatlarni shakllantirmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Moldova hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlanganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)