• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Yodgor Sa’diyev, Rixsitilla Abdullayev, Yigitali Mamajonov va hamkasbiga kuyov bo‘lgan boshqa san’atkorlar (foto)

    O‘zbek san’at sohasida kasbdosh qaynota-kuyovlar, qaynona-kelinlar, bojalar, qisqasi, quda-andalar ko‘pchilikni tashkil etadi. “Daryo” hamkasbining qiziga uylangan taniqli san’atkorlarni bir sahifaga jamladi.

    Yodgor Sa’diyev

    Foto: Instagram

    O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev ustozi, xalq artisti Amin Turdiyevning Zaylixon ismli qiziga uylangan. 2015-yilda vafot etgan Zaylixon Sa’diyeva san’atshunos olima sifatida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida faoliyat yuritgan. Juftlikdan ikki farzand: Habibulla va Munisxon dunyoga kelgan.

    Yodgor Sa’diyev va marhum rafiqasi Zaylixon Sa’diyeva

    Yodgor Sa’diyev va marhum rafiqasi Zaylixon Sa’diyeva
    Foto: Instagram

    76 yoshli Yodgor Sa’diyev bir nechta nabiralarining bobosi. U bugungi kunda o‘zbek milliy akademik drama teatriga rahbarlik qilmoqda.

    Valijon Shamsiyev

    Foto: Instagram

    So‘z ustasi va aktyor Valijon Shamsiyev O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovning qizi Dilfuzaxonga uylangan. Ularning olti nafar farzandi bo‘lib, qizlari Layli ham san’at yo‘lini tanladi. U ayni paytda Layli va Majnun juftligida xonanda sifatida ijod qilyapti.

    Fathulla Mas’udov

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhum ijodkor Fathulla Mas’udov ustoz san’atkorlar Gulchehra va Lutfulla Sa’dullayevning Gulira’no ismli qiziga uylangan. Juftlikdan uch farzand tug‘ilgan.

    Foto: Instagram / @gulimasudova

    Qizlari Gulnoza tibbiyot sohasida faoliyat yuritadi. To‘ng‘ich o‘g‘illari Ulug‘bek (Habibulloh) bir necha yildan buyon kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Abdulloh esa O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori sifatida ijod qiladi.

    Yigitali Mamajonov

    Aktyor Yigitali Mamajonov ham Sa’dullayevlar xonadoniga kuyov bo‘lgan. U 2018-yilda aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva bilan oila qurgan.

    Foto: Instagram

    Bu Yigitalining uchinchi, Muqaddasning ikkinchi turmushi bo‘lib, ular hozirda uch farzandni tarbiyalamoqda.

    Rixsitilla Abdullayev

    Taniqli teatr va kino aktyor, boshlovchi Rixsitilla Abdullayev ham o‘z hamkasbining kuyovi hisoblanadi. U 2002-yilning sentabrida O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedovning Nodiraxon ismli qizi bilan oila qurgan.

    Foto: Instagram

    Juftlikning Tojirahmon, Aslzoda, Mohizoda ismli bir o‘g‘il va ikki qizi bor.

    Bahriddin Zuhriddinov

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova qizi Mohibonuni xonanda Bahriddin Zuhriddinovga turmushga uzatgan.

    Foto: Instagram

    “Ijodimda ham, biznes sohamda ham qaynonamning hech qanday dahli yo‘q. Hammasini oilamiz bilan qilganmiz. Qaynonamgacha bo‘lgan vaqtda ham Bahriddin Zuhriddinov bo‘lib tanilganman. Qaynonam maslahat berib turishi mumkin. Lekin hech qanday moddiy yordam berish, qo‘llab-quvvatlash bo‘lmagan. Ijod, biznes taraflama hech qanday daxli yo‘q. Hammasi o‘zimning mehnatim”, — deydi qo‘shiqchi.

    2014-yilda nikoh qurgan juftlik bugungi kunda uch farzandning ota-onasidir.

    Jahongir Teshaboyev

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xosiyat Husanova ham o‘z hamkasbini kuyov qilgan. U yolg‘iz qizi Mohlaroyimni yosh aktyor Jahongir Teshaboyevga turmushga bergan.

    Foto: Instagram

    Jahongir “Qadam” serialidagi salbiy roli bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan. Ularning bir yoshli o‘g‘illari bor.

    Baxtiyor Yusupov

    Ustoz san’atkorlar Shohida va Mahmud Ismoilov uch nafar qizidan birini aktyor Baxtiyor Yusupovga uzatgan.

    Foto: Instagram

    Kuyov qaynona-qaynotasi bilan bir dargoh, o‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritadi.

    Mirkamol Qoraboyev

    24 yil avval efir yuzini ko‘rgan “Ko‘ngil ko‘chalari” serialidagi Suqsur roli bilan tomoshabinlar nazariga tushgan aktrisa Go‘zal Fayziyeva ham qizini kasbdoshiga uzatgan. Hozirda O‘zbek davlat drama teatrida ishlayotgan aktrisaning ikki o‘g‘il va bir qiz farzandi bor.

    Foto: Instagram

    Aktrisaning bir qator film va seriallarda suratga tushishga ulgurgan qizi Yulduz O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipida Jaloliddin Manguberdi rolini ijro etgan yosh aktyor Mirkamol Qoraboyevga turmushga chiqqan.

    Mavzuga doir: Zarina Nizomiddinovaning xolavachchasi, Davron Kabulovning bojasi: Qarindosh ekanini ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    05.03.2022, 12:38   Izoh (0)   125120
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bahorgi garderobni yangilaymiz: Qirolicha Letitsiyaning klassik uslubdagi kiyimlarda ham jozibali ko‘rinishi sirlari (foto)

    05.03.2022, 10:55

    Instagram: Yangi mashinali bo‘lgan Yulduz Turdiyeva, Shohruxxon va Jahongir Xo‘jayevning telefonlari almashib qolsa nima bo‘ladi? Sog’lig‘ida muammolar kuzatilayot...

    04.03.2022, 21:55

    Aziz Rametovning 200 ga yaqin san’atkorlarni jamlagan, uzoq kutilgan dabdabali to‘yidan reportaj (foto, video)

    04.03.2022, 17:29

    Ledi Gaga, Robert De Niro va o‘z restoraniga ega boshqa Gollivud yulduzlari (foto)

    04.03.2022, 14:39

    Politsiyachi Rayan Reynolds, Bred Pitt — yollanma ishchi. Kutilmagan baxtli tasodif tufayli mashhur bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    03.03.2022, 19:59

    “Sababini haligacha bilmayman”. Alisher Uzoqov Gulnora Karimova davrida bir necha yilga “zapret”ga tushgani haqida so‘zlab berdi (video)

    03.03.2022, 13:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real Madrid” Vitinyaga qiziqish bildrimoqda

    Sport | 8 avgust, 20:17

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    Samarqandda 2000 ta daraxtni nobud qilgan masʼul jazodan qochish uchun inspektorlarga bosim qilayotgani rostmi?

    O‘zbekiston | 8 avgust, 20:10

    Jaziramada jonning huzuri: uy uchun qanday konditsioner tanlash kerak?

    Maslahatlar | 8 avgust, 19:55

    “Tramp Yevropaga nisbatan haqli siyosat olib boryapti” — Lukashenko

    Dunyo | 8 avgust, 19:46

    Hokimliklar xodimlari uchun oyliklar va mukofot pullari ish sifatiga qarab to‘lanadi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 19:29

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Jahon banki Tojikistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 8 avgust, 19:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.